1. (Kishilar ortidan) g'iybat qiluvchi, (oldida) masxara qiluvchi har kimsaning holiga voy! 2. Qaysiki, u mol-dunyoni yig'ib, uni sanagani-sanagan 3. va moli (boyligi) uni abadiy qoldiradi deb o'ylab yurgan kimsadir. 4. Yo'q! Qasamki, albatta, u Hutamaga tashlanur! 5. (Ey, inson,) Hutama nima ekanligini senga ne ham anglatur?! 6.(U) yoqib qo'yilgan Allohning bir olovidirki, 7. (u badanlarni teshib o'tib) yuraklarga qadar yetur. 8. Albatta, u (olov) ularni qamrab oluvchidir. 9. (O'zlari) uzun ustunlarda (zanjirband) bo'lurlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
466
FIL SURASI Fil - ma'lum hayvon.
Surada Payg'ambarimiz tavallud topgan yili ro'y bergan tarixiy va ibratli voqea qisqacha bayon etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. (Ey, Muhammad,) Rabbingiz fil egalarini ne qilganini ko'rmadingizmi? 2. (U) ularning makrlarini chalg'itib qo'ymadimi?! 3. Ularning ustiga to'da-to'da qushlarni yubordi. 4. (Ular) sopol toshlar bilan ularni otar edi. 5. (Shunday qilib) ularni yeb (chaynab) tashlangan somondek qilib tashladi. Izoh: Fil voqeasining qisqacha bayoni shunday iboratki, milodiy 570 yili Yaman hokimi Abraha o'zi kofir- mushrik bo'lgani yetmagandek, Makkadagi Ka'bani ziyorat qilinishiga hasad qilib, Yamanda bir ziyoratgoh qurdirgan va odamlarni uni ziyorat qilishga undagan. Bir guruh ziyoratchilar kelib, uning ichiga turli axlatlar tashlab, iflos bir holga keltirib ketishgan. Buni ko'rgan Abraha darg'azab bo'lib o'z qo'shini oldiga fili dammon, ya'ni imoratlarni buzishda foydalaniladigan filni solib yo'lga tushadi. Ka'baga yaqin qolganda Alloh taolo ular ustiga bir gala qushlarni yuboradi. Ularning har biri tumshug'iga qizitilgan tosh bilan Abraha qo'shinlari ustiga yopirilib kelib tosh yog’diradilar. Shu tariqa ularning hammasi yer bilan yakson bo'ladi. Bu yilning nomini Omul-fil - Fil yili deb nomlangan. Muhammad (a. s.) shu yili tavallud topganlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur