www.ziyouz.com kutubxonasi
108
Onaning jahli chiqib:
«Xohlamayman!» – deb baqirib beradi.
Qariyalar munchoqni nima qiladi? Keyin kelin keladi-da:
«Ana, eshitgandirsiz, xohlamayman, dedi. Vag’ir-vug’ur baqiradi, senga jahli chiqdi», –
deydi, fasodlik chiqaradi. Unday bo’lmang.
«Siz o’zingiz kelib so’rang holimizni!», – deya o’rgatardilar rahmatli onamiz.
Ana shunday. Boshqasiga havola etmaysan. Erta bilan kirasan, «Otajonim!» deb qo’lini
o’pasan. Kechqurun yana qo’lini o’pasan. Qorovulni jo’natib, «Ehtiyoji bo’lsa olaver!»
demaysan, o’zing olasan! O’zing tanlaysan, o’zing keltirasan! U bo’lsa deydi-ki: «Alloh
rozi bo’lsin mening shu bolamdan... Olgani oltin bo’lsin! Ikki jahonda aziz bo’lsin! Alloh
jannatiyu jamoli ila musharraf aylasin...» Tamom.
Jannat onalarning oyog’i ostidadir. Onasiga, otasiga yetishdimi, duosini oldimi, Alloh
qabul etadi, jannatga kiradi. Bu fursatni qo’ldan boy berdimi, burnini yerga surtadi.
Surtsin, jannatiy bo’lolmagandan keyin surtsin, la’natlar bo’lsin!
Onamiz, otamiz sog’ bo’lsa, hurmat qiling, jannatni qozonishni biling...
Uchinchisi esa, biz ichida bo’lgan oyga taalluqli. Ramazon kelib, o’tib ketsa-da undan
foyda ololmagan insonlardan bo’lmaslikka g’ayrat qiling, ko’p diqqat qiling! Ramazonni
jiddiy qabul qiling!.. Ko’p harakat qiling, ko’p yolvoring! Ko’p namoz o’qing, ko’p duo
qiling, ko’p Qur’on o’qing, ko’plab sadaqa qiling! Nima qilib bo’lsa-da, ramazonda
mujdani oling, Allohning mag’firat etgan, jahannamdan ozod etgan qullaridan bo’ling!..
Mening talabalarimdan biri guruh boshlig’i bo’lib Hijozga ketdi.Qaytishi bilan uyiga kelib,
kaminani ziyorat etdi:
«Ustoz, bizni guruh boshlig’i qildilar. Yettita avtobus bor edi qo’limizda. Quruqlikdagi yo’l
bilan hajga olib bordik va qaytdik», – dedi.
«Hojilarning ahvoli qanday?» – dedim.
«Xojam, afsuski, millatimiz johil! Kechqurunlari bir-birlariga olgan narsalarini
ko’rsatadilar. Sen buni necha riyolga olding? Qaerdan olding?.. Haramning nechta
minorasi bor, nechta eshigi bor?.. Bilmadim, nima bo’ldi... Bo’lmaydigan narsalar bilan
mashg’ul bo’ldilar», – dedi.
Evoh, hajga borgan odam ham vaqtini bozorda, chorsuda o’tkazadimi?.. Umrida bir
marta borish nasib qilgan joy bo’lsa... Tashlagan bir qadami uchun yetti yuz Makka
hasanasi savob beriladi. Makkada qilgan ibodatlari yuz ming misli... Inson vaqtini
shunaqa ham behuda o’tkazadimi?.. Bor, Hazrati Sharifda Qur’on o’qi, namoz o’qi, xayr
qil, hasanot qil...
«Shunday uxladilar, g’aflatda vaqt o’tkazdilar... Yolg’iz bir donagina oshiq inson bor edi
guruhimizda», – dedi. Madinaga borishimiz bilan avtobusdan tushishini ko’rsangiz edi!
Avtobusdan tushiboq yerlarni o’pdi, yig’lar edi.
Hajni juda go’zal o’tkazdi. Ibodatini go’zal qildi, hech kimni ranjitmadi. Xayr-hasanotini
ham go’zal qildi. So’ngra Madinai munavvaraga keldik», – dedi.