«Nafs – agar Parvardigorimning O’zi rahm qilmasa – albatta barcha
yomonliklarga buyurguvchidir»
. Ko’p kimsalar nafsning orzulariga ergashib, gunoh
qiladilar, gunohlarga botadilar. Bu gunohlarga botishi bilan, mo’’min bo’lsa-da,
jahannamga boradi, millionlarcha yil azob chekadi. Shunday ekan shahvati nafsoniyaga
ergashmaslik lozim! Havoyi nafsga qarshi turmoq kerak. Insonning vujudi bir o’lka
bo’lsa, bu o’lkani aql boshqarishi kerak!.. Imonli aql, Qur’onga tayangan, dinga
tayangan bir aql boshqarishi lozim!..
Agar aql emas, insonning ichidagi nafsi ammorasi insonni boshqarsa;
«Darhaqiqat uni (ya’ni o’z nafsini-jonini imon va taqvo bilan) poklagan kishi
najot topdi. Va u (jonni fisq-fujur bilan) ko’mib xorlagan kimsa nomurod
bo’ldi».
Nafsini tarbiya qilishlik lozim!.. Mana shu nafsning tarbiyasi va nafsga taqvoni
o’rgatishlik ro’za oyida amalga oshadi. Islomning besh buyuk farzidan uchtasi qilinadi:
Chunonchi, kalimayi shahodat ramazonda bor... Payg’ambar sallallohu alayhi vasallam
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
106
buyuradilar:
«Ramazonda 4 narsani ko’p-ko’p ado qiling:
1. Kalimai shahodat – ashhadu an la’ ila’ha illallohni ko’p ayting!
2. Astag’firullohni ko’p ayting! Bu – «Yo Rabbiy, meni mag’firat ayla, ayblarimni,
gunohlarimni o’chirgin» degani.
3. Allohdan jannatni istang!..
4. Jahannamdan saqlashini so’rab Allohga sig’ining!..»
Demak, ramazon – bu kalimai shahodat, namoz, ro’za, zakot va hokazo ibodatlarni
o’zida mujassamlantirgan muborak bir ta’lim oyidir. Bu oyda irodamizni kuchaytirib,
vujud mamlakatimizga Allohga ishonib, tayangan, Qur’onga bog’langan, imonli aqlni
sulton qilamiz.
Xo’sh, nafsi ammorasiga qul bo’lganlar nima qiladilar? Namoz o’qimaydilar, sigaret
tutatadilar, ko’chalarda taom yeb, ichkiliklarini ham ichib yuraveradilar. Aslo
uyalmaydilar, siqilmaydilar ham.
Qadimda g’ayrimuslimlar ramazonni bilganlari uchun: «Bu oyda musulmonlarning ro’za
oyi, tashqarida non yemanglar!» – deb bolalarini chaqirib olar ekanlar.
Hazrati Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadisi shariflarida buyuradilarki:
«Ramazon oyining ajridan, barakotidan foydalana olmagan inson shaqiydir», – deydilar.
Shaqiy do’zaxiy degani... Shaqiy u kimsadirki, ramazon keladi, o’tadi, lekin ramazonning
xayriga noil bo’lmaydi, mahrum qoldiriladi Alloh tarafidan.
Bilasizki baroat kechasida maxsus duo o’qiladi. Alloh bu vaqtda taqdirni belgilaydi, deya
duo qilamiz: «Yo Rabbiy, agar mening ismimni shaqiylar (badbaxtlar) daftariga yozgan
bo’lsang, shu muborak baroat kechasida mening otimni u badbaxtlar daftaridan o’chir;
ismimni saidlar (xushbaxt, jannatiylar) daftariga yoz, yo Rabbiy!.. Agar mening otimni
saidlar daftariga qayd etgan bo’lsang, ey, bor Xudoyo, ismimni u yerda sobit qil,
joylashtir, menga yordam qil!..», – deb duo qilamiz, said bo’lishni orzu qilamiz, oxiratda
jannatga kirib, abadiy saodatga erishmoqni istaymiz.
Bu eng ulug’ bir baxtki, hammaga ham nasib qilmaydi. Bu ne’matning qiymatini, qadrini
biling!.. Atrofingizdagi qo’shnilaringizdan, do’stu birodarlaringizdan, tanishlaringizdan,
harbiy xizmatdagi do’stlaringizdan tortib yo’ldagi, mahalla-ko’y, maktabdagi
o’rtoqlaringiz, do’kondagi do’stlaringiz kim bo’lmasin, barchasini o’z vaqtida
ogohlantiring, to’g’ri yo’lga boshlang. Bu oyning xayru barakotidan mahrum
qolmasinlar!..
Talabalik davrimda fakultetimizda bir domla bo’lardi. Ilohiyot fakultetida ham bir guruh
domlalar bor edi. Ular Payg’ambar sallallohu alayhi vasallamga «Muhammad»
deyishardi. «Muhammad keldi, Muhammad ketdi...» Bu qanday odobsizlik?! Nima,
Muhammad sening askarlikdagi do’stingmi?.. Axir u zot Allohning eng suyukli quli!..
Habibi, Allohning sevgilisi, rasuli...
Sen: «Falonchi keldi, Falonchi ketdi», deya olasanmi jumhuriyat raisiga?.. «Muhtaram
jumhuriyat raisi!» deyiladi; «Muhtaram bosh vazir, muhtaram vazirim, hurmatli
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Dostları ilə paylaş: |