www.ziyouz.com kutubxonasi
105
Bu nimani ko’rsatadi? Hazrati Umar zamonida tog’dagi oddiy bir cho’pon ham soppa-
sog’lom axloq egasi bo’lgan... Shuning uchun haqiqiy mo’’min soxtakorlik qilolmaydi,
muttahamlik, yolg’onchilik qilolmaydi.
Hazrati Umar kechalarning birida Madinaning ko’chalarida kezib yurarkan, bir uydan
ovoz keladi. Bir ayol qiziga:
«Qizim, soqqan sutingning ichiga bir oz suv qo’shib yubor!» – deydi.
Hazrati Umar devor ortidan ketayotgan edi, ammo ovoz eshitilib turardi.
Qizi e’tiroz bildiradi:
«Onajon! Hazrati Umar: «Sutlaringizga suv aralashtirmang, xolis soting!» – deb
aytmadimi?»
«Hazrati Umar qaerdan ham bilardi? Qo’shaver!» deydi.
«Hazrati Umar bilmaydi, ammo Alloh ham bilmaydimi, onajon?..»
Qarang, yosh qiz nimalar deyapti, tog’dagi cho’pon ham nimalar dedi!.. Bu axloq
darsidir. Nima bo’libdi o’zi? Islomning xamirturishi pishib, undan xalq musulmon bo’lib
yetilibdi; Alloh qo’rquviga, taqvoga ega bo’libdi. Zo’rlasa ham gunohni qilmayapti: sutga
suv qo’shmayapti, qo’yini sotmayapti...
Hozir-chi? Hozir ham shunday bilim bor, ammo davlat rahbarlari shikoyat qiladilar:
«Porani yo’qota olmayapmiz!» deb. Chunki olgan ham rozi, bergan ham rozi...
Bu yerda milliy ta’limning eng katta xatosi yuzaga chiqdi. Ha, albatta, muhandis
yetishtirdik, doktor yetishtirdik, ziyolilarni yetishtirib chiqardik, ko’ring, hammasini
yetishtirdik, ammo ilm o’rgatdigu, axloq-odob o’rgatmadik. Shuning uchun porani
yo’qotib bo’lmayapti, mafiyalar hukmron, suiste’molchiliklar bo’lmoqda... Har kun
ro’znomalarda ming xil razolatni o’qiymiz.
Shuning uchun axloq ta’limiga, taqvo tarbiyasiga, ruh darsiga ahamiyat bermoq lozim!
Bilasizki, inson vujudida nafs bor. Bu nafs asos-e’tibori bilan insonga fikr-tuyg’ular
bag’ishlaydi, turli xil orzu-istaklarni vasvasa qiladi. Nafsning istaklari bu – quvvatli
orzular degani. Ya’ni inson bolasini nafs istaklari sudraydi. Inson bularga berildimi,
haromlarga botadi: