Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
12
TAQVO AHLI BO‘LING 
A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m. 
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m. 
Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd 
bo’lsin. Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor 
bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz – Muhammad alayhissalomga va 
uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha 
izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin! 
Alloh taolo Qur’oni karimda buyuradi: 
«Ey mo’’minlar, Allohdan qo’rqinglar va (har bir) jon erta (Qiyomat kuni) 
uchun nimani (ya’ni qanday ezgu amalni) taqdim etganiga qarasin. Allohdan 
qo’rqinglar! Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir».
Kishi ertaga, oxirat uchun nima taqdim etganiga, oxirat uchun nima yuborganiga 
hozirdan qarasin, diqqatli bo’lsin! Oxirat uchun nima ishlar yuborayotganini kuzatsin, 
nazorat qilsin!.. Diqqat qilsin... (Vattaqulloh) Allohdan qo’rqing! (Innalloha xabirun bima 
ta’malu’n). Alloh jalla jaloluhu siz qilayotgan hamma amallaringizdan xabardor, 
hammasini ko’rmoqda, eshitmoqda, bilmoqda». 
Darhaqiqat, inson oxirat uchun nima hozirlamoqda? Dunyoda qilgan barcha yaxshi va 
yomon amallari oxiratdagi hayotini belgilaydi. Iftorlik bergan bo’lsa, sadaqa, zakot 
bergan, masjid qurgan, ro’za tutgan, namoz o’qigan, umraga borgan, haj qilgan, jihod 
qilgan, g’ayrat qilgan, ibodat qilgan bo’lsa, bularning savobi qaerga ketadi? Oxiratga 
ketadi. Inson dunyodalik vaqtidayoq qilgan amallarini oxiratga yuboradi. Aksincha, 
gunoh ishlar qilgan bo’lsa, aroq ichgan, qimor o’ynagan, zulm, haqsizlik, zino, 
nomussizlik qilgan bo’lsa, xullas, Alloh sevmaydigan nimaiki ishlarni qilgan bo’lsa, ular 
ham hammasi oxiratga ketadi. 
Shuning uchun ham Alloh taolo: «Inson bu dunyoda qilgan zarra qadar yaxshiligining 
mukofotini oxiratda oladi; zarra qadar qilgan yomonligi ham hisobga tortiladi, oxiratda 
jazosini oladi. Oxiratga nima bilan borayotganiga inson farzandi bu dunyoda e’tibor 
bersin!» – demoqda. Bu bilan nima demoqchi? «Ey qullarim, ogoh bo’ling! Oxiratga 
yaxshi narsalarni yuboring! Oxiratda yuzingizni kuldiradigan, Alloh taolo devonida sizga 
qalqon bo’ladigan, sizni ne’matlarga erishtiruvchi amallarni yuboring! Yaxshi amallar 
qiling!» – deya buyurmoqda. 
Allohdan qo’rqinglar, Alloh qilayotgan ishlarimizdan xabardor! Batahqiq xabardor, o’z 
haqqi bilan xabardor! Bunda nima demoqchi: «Alloh barcha qilayotgan amallaringizni 
bilib turadi. Unga zid bir ishni qilmang!» – yashirin qilsangiz ham, aslida yashirin ham 
qilolmaysiz. Tanho qilsangiz ham aslida tanholikda ham hech narsa qila olmaysiz. 
Chunki: 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin