Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
20
– deydilar. Yoki «Shaytonga ergashdim, nafsga bo’ysundim», – deb uzrxohlik qilishadi. 
Demak, nafsga ergashmaslik uchun musulmon ramazonda bir oy ta’lim oladi. Qanday 
ta’lim oladi? Suv ichmaslik, ovqat yemaslik, xotiniga yaqinlashmaslik orqali bilim va 
malakasini oshiradi. Ya’ni Alloh imtihon qilish va tarbiyalash uchun inson farzandining 
ichiga eng jozibali, eng kuchli orzularni qo’ygandirki, bularni bajarmang, qani bir 
ko’raylik-chi nima bo’ladi demoqda. Ularni qilmaslik bilan inson taqvoni, ehtiyotkorlikni 
o’rganadi. 
Endi quyidagi oyati karimaning ma’nosi anglashilayotgandir? 
«...Sizlardan ilgari o’tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham ma’lum 
kunlarda ro’za tutish farz qilindi». 
Chunki, ularning ham ishlari xuddi shunday... 
Uning ham nafsi bor, agar nafsiga hokim bo’lsa, yaxshi inson bo’ladi. «Shoyad saqlana 
oladigan, saqlanishni bajara oladigan, nafsiga hokim bo’la oladigan insonlar 
bo’lsangiz...» 
Shuni unutmaylikki, aziz birodarlarim, ro’za faqat shakliy ibodat emas... Balki, ro’zadan 
asl maqsad ruhiyatni poklash, taqvoni kuchaytirishdir. 
Misrlik bir imom domladan: 
«Misrliklar Qur’oni karimni juda ham chiroyli o’qiydilar, bizga biror oyat o’qib 
bermaysizmi!» – deb iltimos qildik. 
«O’qiyman, lekin bir shartim bor. Marhamat qilib, Qur’oni karimni quloqlaringiz bilan 
emas, balki qalblaringiz bilan tinglang!» dedi u. 
Chunki ko’p insonlar quloq bilan eshitadilar, ammo qalb quloqlari eshitmay qoladi. 
Bolaga otasi nasihat qilganida u eshitmaydimi? Eshitadi. Unday bo’lsa, nega yana 
yomonlik qildi?.. Demak, to’la qabul qila olmagan. Biz buni bir qulog’idan kirib, 
ikkinchisidan chiqib ketdi, deymiz. Aslida u qabul qila olmadi, eshita olmadi. Demak, 
anglay olmadi, eshitganni esa amalga oshirish lozim! Eshitganini qalbiga joylashtirishi 
lozim! Ibrat nazari bilan ko’rishi lozim, ko’rganini esa qalbga naqsh qilishi lozim! 
Shu sababdan ham imom domla «Men Qur’on o’qiyman, ammo, iltimos, meni 
quloqlaringiz bilan emas, qalbingiz bilan eshiting!» deb bejiz aytmagan. Xuddi 
shuningdek, muhtaram birodarlarim, siz ham ro’zani shakliy tutmang, och qoldim
suvsadim deb o’ylamang! Ro’zaning ma’nosiga yetishga, uning ma’naviy tarbiyasini 
olishga harakat qiling! 
Ro’za sizu bizni irodasi kuchli taqvodor inson holiga keltiradigan ish-harakatdir. Ta’bir 
joiz bo’lsa, ro’za asrlar bo’yi davom etib kelgan ilohiy zamonaviy ish- faoliyat deyish 
mumkin... 
Yigirmanchi asr insoni qidirib topolmagan iroda tarbiyasini ro’yobga chiqaruvchi ishdir. 
Lekin, afsuski, ba’zilar kechgacha ro’zasini tutishiga qaramay, iftorlikda birinchi bo’lib 
og’zini ochadi va shosha-pisha og’ziga sigaret oladi. Bu qanaqasi bo’ldi endi? 
Saqlansang-chi, chidasang-chi? Kuni bilan ro’za tutib chidadi, ammo shomga kelib 
ahdiga vafo qilmadi. Ro’za ta’lim-tarbiyasini davom ettirolmadi. 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin