Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
22
yo’lga noil bo’lishni nasib etsin. 
Bihurmati asrori suratil fotiha. 
3 fevral 1995/ 3 Ramazon 1415
 
RO‘ZADORNING MUKOFOTI
A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m. 
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m. 
Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin! 
Rasuli Muhammad Mustafo alayhi afzalus-salovot va akmalut-tahhiyyot vat-taslimot 
hazratlariga Parvardigorimizning o’zi ehtiromlarimizni yetkazsin. Shafoatlariga 
hammamizni noil qilsin. 
Hadisi shariflarda bayon etilishiga ko’ra ramazon oyining boshi – rahmat, o’rtasi – 
mag’firat. Namoz o’qib, ro’za tutgan kishining mukofotlari ko’payadi va mag’firatga 
erishadi. Oxiri esa najot – jahannamdan ozod bo’lishdir. Musulmonning gunohlari sababli 
do’zaxga tushish ehtimolining yo’q bo’lishidir. Ya’ni jahannam tahlikasini o’zidan 
uzoqlashtiradi va: 
«Bas, kim do’zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt saodatga) 
erishgay».
Bu go’zal oy uch muborak oyning oxiri, hosilot zamoni va haqiqatdan ham 
o’n bir oyning sultonidir. 
Ibn Abbos roziyallohu anhu faqih bir sahoba bo’lib, «Abodilai arbaa»da kelgan to’rt 
Abdullohdan biri. Undan: «Oylarning eng xayrlisi qaysi biri?» deya so’raganlarida, U 
kishi: «Oylarning eng xayrlisi bu – ramazon oyi» – deb javob bergan ekanlar. 
Abu Zarr G’iforiydan roziyallohu anhu shunday rivoyat qilinadi: 
Ramazon oyining hiloli ko’ringan vaqt Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Agar insonlar ramazon oyidagi mukofotlar, savoblar, ne’matlar va rahmatlarni 
bilsalar edi, ramazonning yil bo’yi davom etishini xohlagan bo’lardilar». 
Hammamiz bir oz ro’za tutamiz va kechalari ko’p rakaatlar namoz o’qiymiz. Buning 
mukofoti juda ham buyuk! Buning qiymatini bilganlar haqiqatda ham Payg’ambar 
alayhissalom aytganlaridek: «Qani endi yil davomi ramazon ro’zasi bo’lsa edi», – deb 
orzu qildilar. 
Demakki, bu oyni qancha ehtirom qilsak, qancha sevsak va unda qancha g’ayrat qilsak, 
shuncha oz. Shunday go’zal bir oyga yetishib turibmizki, Allohga hamdu sanolar 
aytmaslikning iloji yo’q! 
Bu hadisi shariflarni men Abdulqodir Giloniy hazratlarining «Gunyatut tolibin» nomli 
kitobidan o’qiyapman. Bu kitobni juda yaxshi ko’rib, doimo o’zim bilan olib yuraman. 
Chunki Abdulqodir Giloniy avliyoullohning eng buyuklaridan, qodiriya tariqatining piri
ulug’ olim, Payg’ambar alayhis-salomning sulolalaridan. Bu kitobda ro’za oyiga maxsus 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin