www.ziyouz.com kutubxonasi
23
bob ajratilgan bo’lib, unda boshqa kitoblarda topish mumkin bo’lmagan ma’lumotlar
mavjud.
Tabiiyki, biz bu kitobni o’qishimiz bilan ul zotga savob yoziladi. Chunki kitob sadaqai
joriya. Agar inson kitob yozsa va birov undan foydalansa, kitob muallifiga savob
yozilaveradi. Bir inson talaba yetishtirsa va u shogirdi Islom uchun, ilm-ma’rifat uchun
xizmat qilsa, ustoziga ham savobi yetib turadi.
Ustozingiz sizga namozni o’rgatdi, alhamdu lilloh, birga namoz o’qidik. Bu namozdan
hosil bo’lgan savob ustozingizga ham yetib boradi. Bundan tashqari sizni musulmon qilib
yetishtirgan ota-onangizga ham savob yetadi. Hatto qabrda bo’lsalar ham savob yetib
turaveradi.
Sizlarga bir xushxabar aytay, aziz birodarlarim. Jum’a kunlari marhumlarga bizning bu
dunyoda qilgan ishlarimiz to’g’risida xabar beriladi: «Sening dunyodagi o’g’ling, qizing
shunday ish qildi». Ular dunyodagi avlodlarining qilgan yaxshi amallaridan sevinar
ekanlar, nurlari va xursandchiliklari yanada ziyodalashar ekan.
Nur degani bu bir yorug’lik. Qarang, agar shu yerda nur bo’lmasa, ko’z-ko’zni ko’rmaydi.
Nur borligi uchun ham uning go’zalligi tufayli mana, bemalol o’tiribmiz, men esa bu
kitobni harflarini ko’rib turibman. Shu uchun ham nur bu yaxshilikdir. Qabrda ham,
Sirotda ham nur lozim. Ibodatlarimiz Sirotda oldimizda nur sochib turadi.
«Ularning nurlari oldilarida va o’ng tomonlarida yurur». Mo’’min kishining qilgan ibodatlari uni oldi va orqasidan nurdek oydinlashtiradi, uning
foydasini ko’radilar. Ularning nurlari, xursandchiliklari ortar ekan. Qabrlarida mamnun va
masrur bo’lar ekanlar. Ammo avlodlari yomonlik qilsalar, harom ishlar qilsalar, o’tganlar
ruhi ko’p g’amgin bo’lar va bezovtalanar ekan. Sizga ham ma’lumki yomonlikning ikki
turi mavjud:
1. Yomonlik qilish.
2. Yaxshilik qilmaslik.
Agar inson farzlarni bajarmasa, u o’ziga boshqa bir yomonlikni qilgan bo’ladi.
Yomonlikning o’zini qilgan bo’lsa, bu boshqa bir yomonlikdir.
Demak, bu yerdan shu narsa kelib chiqadiki, har bir farzandning o’tib ketgan ota-onasi
uchun eng yaxshi hadyasi – uning yaxshi inson bo’lishi. Chunki, u qilgan yaxshi amallar
savobining bir ko’rinishi ota-onasiga yuboriladi. U tashvish tortmasin, uning savobidan
olib qo’yilmaydi. Alloh taoloning rahmati keng, ne’mati ko’p, xazinasi so’ngsiz. Ya’ni
uning savobi qancha bo’lsa, savobi kamaytirilmasdan, ota-onasiga yuboriladi. Masalan,
Bursa o’zining qandlari bilan mashhur. Biz bu shahardan o’tsak, albatta uning qand-
qursidan olib ketamiz. Antaliyaning nimasi bor bilmadim, yoki Afyonning qaymog’i
mazali, qaymog’li luqumlari bor hatto. Ya’ni har shaharning bir mashhur narsasi bor.
Ammo «Marhumlarga nimani hadya qilib yuborsak bo’ladi?» – deb o’ylashingiz tabiiy
narsa. Sizning yaxshi musulmon bo’lishingiz, bu – eng yaxshi hadya. Namoz o’qing,
ro’za tuting, Qur’on o’qing, xatm qiling, yaxshilik qiling, xayr-hasanotlar qiling! Siz
yaxshi inson bo’ldingizmi, oxiratdagi ota-onangiz xursand bo’lishadi. Tushingizga
kirib,sizga rahmat aytishadi.