www.ziyouz.com kutubxonasi
31
berib yuboring!» deymiz. Ko’pincha, kallani pishirish uyda xotinlarga mushkulligi uchun:
«Boshini, shu narsalarini berib yuboring!» deymiz. Ammo Rasululloh sallallohu alayhi
vasallam nima demoqdalar:
«Ol hammasini!»
«Hammasinimi, yo Rasululloh?»
«Ha, hammasini!»
Hammasini olibdi, jimgina ularni olib, kechga yaqin qabilasiga kirib boribdi.
«Allohu Akbar! Bu nima? Sen ertalab bir o’zing chiqib ketganding. Nima, talonchilik
qildingmi yoki o’g’irlik qildingmi?» – deb taajjublanib so’rabdilar. Shunda u:
«Muhammad berdi. Faqirlikdan qo’rqmaydigan Muhammad berdi», – deb aytibdi.
Bizning esa faqirlikdan qo’rqqanimizdan qo’llarimiz titraydi: «Hoy, hoy, bola-chaqangga
nima qoladi?» – deymiz.
Payg’ambarimiz faqirlikdan qo’rqmasdan butun borini beribdilar. Odamlar hayron
qolishibdi, hammalari maftun bo’lib, musulmonchilikni qabul qilibdilar. Bir poda qo’y
yaxshimi yoki bir guruh musulmonlar yaxshimi? Shu qadar musulmonga ega bo’ldilar.
Qo’yni berdilar, musulmonni – mo’minni oldilar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi
vasallam. Bu bilan zarar ish qilmadilar? Yanada ko’proq foyda ko’rdilar, chunki xolis
musulmonlar ko’paydi.
Ya’ni berishdan qo’rqmay berar edilar. Abu Bakr Siddiq ham bermoqchi bo’lganlarida
qo’rqmasdan hammasini berar edilar.
«Miskinlarga mollaringizdan berdingizmi?» Beramiz. Nima uchun beramiz? Chunki
ularning haqlari bor. Bizning mollarimizda ularning ham haqlari bor. Uni bergan
vaqtimizda molimiz ma’nan tozalanadi,poklanadi. Shuning uchun ham arabchada
zakotning ma’nosi tozalash degani. Zakot berishing bilan moling poklanadi. Zakot bu –
insonning Allohga itoatkorligini ko’rsatadigan belgi. Baxil bilan saxiy musulmonning farqi
zakot berishda bilinadi. Zakot bergan insonni baxil deb aytolmaysan. Ammo zakot bu –
saxiylikning eng quyi qismi, eng yuqori cho’qqisi bu siddiqiyatdir. Nimang bo’lsa, Alloh
yo’lida hammasini berasan. Hatto jonlarini ham berganlar. Bir usmonli shoiri shunday
deydi:
Jonni jonon so’rabdi, bermaslik bo’lmas, ey dil, Har ne qilganim bilan u na meningdir, na sening!.. Jonni jonon xohlaganidan keyin bermasdan iloji yo’q? Axir, bu meniki ham, seniki ham
emas, Unikidir! Shundoq deb, jonini beribdi...
Demak, infoq-ehson qilganlardan Alloh mamnun bo’lar ekan.Shuning uchun ham
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadisi shariflaridan birida Ramazon «shahrul
muvosot», ya’ni «... mol bilan, infoq-ehson bilan o’zgalarga yaxshilik qilish oyi», degan
edilar.
Ramazonda bilasiz, Qur’oni karim o’qiladi, tarovih namozlari ado etiladi, ro’za tutiladi.
Yana nima qilinadi? Xazinalar eshigi ochilib, faqirlarga ham ulush beriladi. Ularni
sevintiriladi. Shunda Alloh rozi bo’ladi. Nega? Chunki, ko’ngil olish – Ka’ba qurishdek
savob. Qalbni buzish – Ka’bani buzishdek gunoh.