Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
29
Hazrati Ali raziyallohu anhu bir kun xizmatchisi bilan Kufadagi bir masjidga ot yetaklab,
namoz o’qigani keladilar. Shunda masjidning oldida bir kishini ko’rib qoladilar va unga
«Iltimos, otimizning jilovidan ushlab tursangiz!» –
deb otni topshirib, namoz o’qigani
masjidga kirib ketadilar. Namozni o’qib chiqayotganlarida otni ushlab turganga beraman,
deb hamyonlaridan besh dirham oladilar. Ammo tashqariga chiqib qarasalar, odam ham
yo’q, ot ham yo’q. Atrofni qidirib otni topishibdi, ammo ot egarsiz. Haligi kishi egarni
o’g’irlab, otni esa tashlab ketibdi. Hazrati Ali roziyallohu anhu
xizmatchisiga besh dirham
berib: «Borib bozordan egar olib kel!» – deb jo’natibdi.
Bir oz vaqt o’tgandan keyin xizmatchi bir egar bilan bozordan qaytibdi. Hazrat Ali ne ko’z
bilan ko’rsinlarki, bu o’zlarining egarlari. Bir ozgina oldin buni bir kishi egarchiga sotib
ketibdi, deb aytadi. Shunda Hazrati Ali roziyallohu anhu: «Qanchaga sotibdi?» deb
so’raydilar. Xizmatchi: «Besh dirhamga sotgan ekan». «Voy bu bizning egarimiz-ku!»
deb taajjublangan edim. Sotuvchi: «Foydasi kerak emas, o’g’riga bergan miqdorimni
bersang kifoya!» – dedi.
Bu besh dirham masalasini ko’rgan Hazrati Ali roziyallohu anhu to’plangan odamlarga
qarab: «Ey, jamoat, qarang, bu yerda juda katta ibrat bor! Hozir men bu o’g’riga, o’z
hamyonimdan besh dirham ajratib, ko’nglim rozi bo’lib, halol qilib bermoqchi edim. Sabr
qilganda besh dirham olar edi. Ammo sabr qila olmadi, natijada nima oldi? Albatta, besh
dirham oldi.
Lekin halolidan emas, balki haromidan oldi. O’g’irlab sotib va qochib ketdi.
Alloh uning taqdiriga bugun besh dirham topishni yozgan edi. Biroz sabr qilsa, halolidan
nasib etardi. Ammo u haromga chopib ketdi.
Hazrati Ali roziyallohu anhuning hamyoniga qaraydigan bo’lsak. Unda o’zgargan biror
narsa yo’q. Besh darhamni ajratib, o’sha kishiga bermoqchi bo’ldilar, xolos. Niyatlariga
ko’ra bu yerda u zot savob oldilar. Besh dirham esa cho’ntagidan chiqib, egarchining
qo’liga borib tushadi. Egarchi ham hech narsa yo’qotmadi.
Egarchi birovdan besh
dirhamga sotib oldi va boshqa birovga yana besh dirhamga sotdi. Ammo bu yerda
odamlar bajargan ishlariga ko’ra yo savob olmoqdalar, yo gunohga botmoqdalar. Taqdir
o’zgarmayapti, ammo niyatiga ko’ra inson yo gunoh, yo savob olmoqda, ya’ni yo
jannatiy yoki do’zaxiy bo’lmoqda.
Yusuf
alayhissalom sabr qildilar, gunohga yaqinlashmadilar, qamoqni afzal ko’rdilar,
natijada Alloh unga halol nikohni nasib etdi. Biz bu rivoyatlarni nimaga keltirdik? Inson
o’zini harom ish qarshisida qanday tutishi lozimligini uqtirdik, xolos. Zero, inson
farzandining hayotida har xil vaziyatlar bo’ladi. Ba’zi narsalarni o’zi ham, nafsi ham
xohlaydi. Uzatsa qo’li yetadi,
uzib oladi, ammo «Yo’q, olmasligim lozim, bu olma
harom!» – deb uni uzmaydi. Boshqa yerdan birortasi bir lagan olma olib keladi. Agar
uning nasibasida olma yeyish bo’lsa, u o’zgarmaydi, faqatgina inson harom qarshisida
turganda o’zini tutishi lozim! Shunday qilsa, albatta, Alloh u qulini sevadi.
Bu yerda Alloh yaxshi ko’rgan, unga ma’qul bo’lgan amallar haqida suhbatlashyapmiz.
O’zimizni tutamiz, haromga ko’z tashlamaymiz. O’zimizni tutamiz, haromga quloq
bermaymiz. O’zimizni tutamiz, haromga ko’maklashmaymiz. O’zimizni tutamiz,
harom
joyga qadam tashlamaymiz. Qur’oni karimda bildirilgan, ta’kidlangan taqvoning
ahamiyati va mohiyatini yaxshilab o’ylab, tushunib unga amal qilishga bor kuch va
imkoniyatimiz bilan jiddu jahd qilaylik. Gunohning oqibati - jahannamni ko’z oldimizga
keltiraylik.