www.ziyouz.com kutubxonasi
24
Muhammad alayhissalomning izidan yuramiz, chunki najot faqat uning yo’lidan
bormoqdir. Barcha diniy ilmlarning manbai u Zoti bobarakotning hadisi shariflarida
jamdir. Qur’oni karimni Alloh ularga tushirdi, vahiy ularga keldi va u zot bizga
yetkazdilar. Ya’ni Qur’oni karim U zot orqali bizga yetib kelgan. Demak, Payg’ambarimiz
sallallohu alayhi vasallam va u kishining bizga topshirib ketgan sunnatlari boshimizning
toji ekan. Unga loqayd qarash mumkin emas. Qur’oni karim menga yetadi, deyish
mumkin emas. Chunki vahiyning mohiyatini aqllar qamrab ololmaydi. Rasululloh
sallallohu alayhi vasallam sunnatlari bu – Qur’onning izohi, sharhi, tafsiri va mujassam
bir o’rnagi. Bir hadisi sharifda aytiladi:
Ya’ni: Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: (Navmus soimi
iba’datun). Ro’zadorning mukofotiga qarang! «Ro’za tutgan kishining uyqusi ham
ibodat». Ro’zador charchaydi, holsizlanadi, bir ozgina shu yerda cho’zilay, deydi. Axir,
buning yozi bor, qishi bor, issig’i bor, sovug’i bor... Uzun-uzun kunlari bor...
Stokgolmga bordik. Shimoliy Qutbga yaqin bo’lgan joylar. Qish mavsumi soat 9larda
bomdod namozi bo’ladi. 12ga yaqin peshin, 13ga yaqin asr, 15larda shom namozi
o’qiladi. Yozda esa umuman teskarisi: Tarovih namozini o’z vaqtida o’qish ham ancha
qiyin. U yerda oddiy ishchi bo’lib ishlaydigan birodarlarimiz maxsus qozonlarda temir
eritib qaynatadilar. «Ustoz! Issiqlik 60-70 gradus bo’lganda ko’zoynakni taqamiz va
narsalarni eritib qaynatamiz. Shunday qilib, kemalar yasayapmiz» – deb aytgan edilar.
Ular shunday og’ir sharoitda ham ro’za tutishlariga to’g’ri keladi va o’z navbatida, uzun
tunlarda dam olishlari kerak. Kechasi hech ham uxlay olmayaptilar. Shom namozini
masjidda o’qiydilar. Iftorlik qiladilar. Xufton namozini tarovih bilan o’qiydilar. Keyin
ozgina nafaslarini rostlab suhbat qiladilar va bomdod namozi kiradi, uni o’qib, yana
ishga ketadilar. Haqiqiy fidokor insonlar. Albatta, kunduzi ish tugaganidan keyin dam
olishlari lozim.
(Navmus-sa’imi iba’datun). «Ro’zadorning uyqusi ham ibodat». (Va samtuhu’ tasbi’hun).
«Gapirmasligi, sukut saqlashi tasbeh bo’lar ekan». «Subhanalloh» deganidek. To’yib
gaplasha olmaganligi uchun biroz kayfiyati qochadi. Ana shundagi sabri-sukuti ham
savob ekan. Ro’za insonni chiroyli qilib qo’yadi.
Uyqusi ibodat, sukut saqlashi tasbeh: (Va dua’uhu’ mustaja’bun). «Duosi esa maqbul
ekan». Ro’zadorning duosi ijobat. Chunki u Alloh yaxshi ko’rgan banda bo’lishga
intilayotir. U Alloh uchun kunduzi yeyish, ichish va oilaviy munosabatdan uzoqlashadi.
Alloh uchun nafsining kuchli orzularini tark etadi. U Alloh uchun fidokorlik qilganligi
sababli ham Alloh uni sevmoqda va duosi ijobat bo’lmoqda. Bunday fursatda
ro’zadorning duosini olishga harakat qilish, uning ko’nglini olish lozim, unga ehson qilib,
iftorlik qildirish, shunday yo’llar bilan uning mustajob duosini olishga harakat qilish
zarur!
(Va amaluhu muza’afun). Qilgan amalining savobi ham orttirib beriladi. Ya’ni,
ramazonda qilgan ibodatlari, boshqa vaqtlarda qilgan ibodatlari bilan bir xil bo’lsa ham,
ramazondagi savobi yetmish marta ortiq. Bu ozmuncha farq emas, juda ham yaxshi bir
mukofot.