«Darhaqiqat uni (ya’ni o’z nafsini – jonini imon va taqvo bilan) poklagan kishi
najot topdi. Va u (jonni fisq-fujur bilan) ko’mib xorlagan kimsa nomurod
bo’ldi».
Nafsini tarbiyalab poklagan, isloh qilgan qutuladi. «Nafsini tarbiya qilmagan,
ezgulikdan mahrum qoladi, zalolatga ketadi, pushaymon yeydi, dunyoyu oxirati kuyadi».
Shu uchun ham nafs tarbiyasi, bu mo’’min kishi ahamiyat beradigan eng muhim ishdir.
Chunki, tasavvuf bu - tarbiyalangan nafs ustiga qurilgan bino. Insonning nafsi
tarbiyalangan bo’lishi lozim!.. Boshliqning, xo’jayinning, xotinning, erkakning, har bir
kishining nafsi tarbiyalanishi lozim!..
Nafsi tarbiyalangan odam komil inson bo’ladi.
Yusuf Hamadoniy, Abdulqodir G’ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Mavlono Jaloliddin Rumiy,
Yunus Emro, Ashraf o’g’li Rumiy, Ibrohim Haqqi Arzirumiy, Bahovaddin Naqshband,
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
16
Ibrohim Adham kabi nafsini tarbiyalagan komil insonlar bo’lishgan. Hammalaridan Alloh
rozi bo’lsin! Bularning barchasi tarixda nomi qolgan sevimli buyuk insonlardir.
Shurayh hazratlari o’zlari qozi ekanlar. Bir kuni mahkamaga ikki kishi kirib kelibdi. Biri -
musulmon, ikkinchisi - nasroniy edi. Shunda u kishining yuragi bir jiz etdi va
«Inshoalloh, musulmon haqlidir» – dedilar. Ko’ngillari tarafkashlik qildi. Qarang,
da’volarini aytish uchun da’vogarlar qozining huzuriga keldilar. Qozining ko’ngli esa
musulmon kishiga mayl etdi. Musulmonni sevdi, chunki u dindoshi, yo’ldoshi, hamzikri
edi.
Kelganlarning arzini eshitgach, baxtga qarshi, musulmon haqsiz, nasroniy haq bo’lib
chiqdi.
Qozi Shurayh da’voni bitirdilar, ammo umrlarining oxirigacha iztirobda yashadilar:
«Nega qalbim mendan adolat so’rab kelgan ikki kishining birinchisiga oldinroq mayl
etdi?» - deb o’zlarini ayblab yurdilar. Qarang, insonning nafsi tarbiyalangandan keyin
o’z-o’zini qanday jiddiy nazorat qiladi.
Demak, nafs tarbiyalanishi kerak! Nafsni tarbiya qilishning yo’llaridan biri bu – ro’za
tutish. Shuning uchun ham Alloh taolo bir oz emas, balki bir oy davomida musulmonga
mashq qildiradi, ko’nikma hosil qildiradi. Alloh taolo bir oy nafs orzularini to’xtatish va
jilovlash mashqlarini bajartiradi.
Bizning nafsimiz nimani xohlaydi?.. Yeyish, ichish, uylanish, o’ynash kabi narsalarni
xohlaydi. Ammo Ramazonda Alloh taolo nima demoqda: «Tongdan to shom
namozigacha ovqat yemaysizlar!»
«Bu ovqatlarni yeyish harommi?» – Yo’q, halol.
«Ovqat halol bo’lsa ham shu vaqtdan shu vaqtgacha tanovul qilmaysan qulim!» - deb
aytmoqda.
«Suv ham ichmaysiz!..»
«Suv harommi?..»
«Suv harom emas, ichkilik emas u, ammo shu vaqtdan shu vaqtgacha suv
ichmaysizlar!» – deb buyurgan.
Bu ikki narsa bizga juda ham lozim! Suv ham, ovqat ham juda lozim! Bu ikki zaruriy
moddani Alloh taolo oldimizga surib, «Bu narsalarni yemaysiz!» - deb amr qilmoqda.
Nima qilamiz endi? Juda ham xohlab turibmiz. Qishni emas, yozni tasavvur qiling! Uzun,
mashaqqatli yoz kunini ko’z oldingizga keltiring. Havoning issig’ligini o’ylang, Antaliya
issig’ini eslang! Chanqagan joni suvni istab turibdi! Sovuq narsalarni ko’rishi bilan,
ichimliklarni ko’rishi bilan yutinib qo’yadi, ichgisi keladi, joni xohlaydi, lekin...
Ma’lumki, do’xtirlar bolalarni epidemiya kasalligidan saqlash uchun emlaydilar. Shunda
agar: «Nima uchun bolaga ozor berasiz?» desak, doktor quyidagicha javob beradi:
«Uning vujudiga terlama kasalligining mikroblaridan biroz yuboraman. Vujud ularni
o’ziga oladi, ularni yengadi, shunda bolaning bir oz issig’i chiqadi. Ammo shundan so’ng
bu o’ldiruvchi kasallikka aslo chalinmaydi».
O’tmishda biror shaharda bu kasallik tarqalsa, uning aholisini qirib tashlar edilar.
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Dostları ilə paylaş: |