www.ziyouz.com kutubxonasi
67
zaqqumining bir tomchisi dunyodagi ulkan daryolaru dengizlarga tushsa edi, butun
dengizlar zahar kabi achchiq bo’lib ketardi. Buni ichib tozalanadigan insonlarning holiga
voy!».
Yana Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuradilarki: «Ey mo’min birodarlar, ey
musulmonlar! Jahannamga tushib qolmaslikka harakat qiling!» Ba’zi insonlar aytib
bo’lmaydigan gaplarni aytayaptilar. Jahannam hazil joy emas. Chunki inson ichiga bir
marta tushdimi, tamom... Mo’minlardan ham do’zaxga kiradiganlar bor... Kimlarning
kirishi bir hadisi qudsiyda keltiriladi, sanab chiqamiz.
Mo’min bo’la turib, jahannamga kiradiganlar kimlar? Allohning qilmagin degan ishlarini
qilgan gunohkorlar. Qilmasligi lozim edi, lekin qildi. Mo’’min bo’lganligi uchun do’zaxga
kirmasligi lozim edi, ammo kiradi va qilgan gunohiga yarasha jazosini tortadi.
«Jahannamga kirmaslikka g’ayrat qiling!» – demoqdalar Payg’ambarimiz sallallohu
alayhi vasallam. Chunki jahannamga kiradiganlar u yerda ancha qoladi.
«U yerda huqublar qadar qoladilar» («Ular u joyda uzoq zamonlar (ya’ni abadul-
abad) qolguvchidirlar». Huqub – arablardagi bir vaqt o’lchovi. Bir huqub sakson yil
atrofida, ya’ni bir umrga teng. Ahqoban – umrlarcha qoladi degani. Ahqobaning eng
kami qancha ekan?
«Ko’pchilikning eng kami uchlikdir», – deydi arablar. Chunki ikkining arabchada boshqa
siyg’asi bor.
Eng kami uch huqub miqdoricha, ya’ni uchta sakson yillik muddat davomida qoladi. Bu
ikki yuz ellik yil degani. Jahannamga tushgan inson, hatto mo’’min bo’lsa ham u yerda
kamida 250 yil qolar ekan.
Shu bilan tugadimi? Yo’q, hali hisob-kitob tugaganicha yo’q!
Qur’oni karimda buyurilmoqdaki:
«Darvoqe, Parvardigoringiz nazdidagi bir kun(lik azob) sizlarning hisob- kitobingizdagi ming yilga barobardir». Allohning bir kuni, bizning ming yilimizga teng bo’lsa, demak, bizning bir yilimiz 365
kun, 1000 yil esa 365000 yilga teng bo’ladimi? Endi 250 yilni 365000ga ko’paytiring.
91.250.000. Inson mo’’min bo’lsa ham, jahannamga tushdimi, u yerda million yillarcha
qoladi. Shunday ekan, Allohning: