www.ziyouz.com kutubxonasi
74
qilishi mumkinmi? Ha, shundaylar ham bor. Bizning bir birodarimiz anchagina
miqdordagi pulni xayr bo’lsin deb, vaqfimizning shahridagi shu’basiga beribdi.
«Ey, bu qadar saxiylik qilinmaydi!» – debdi. Xayrni ko’p qilib yubording, deb unga
tashlanibdi. U esa: «Amaki, bilaman, siz otamning do’stisiz. Ammo, qarang, otam vafot
etdilar», – debdi. Ya’ni «Inson o’lib qolishi mumkin, xayru hasanot qilish lozim! Otam
o’ldi, sen otamning do’stisan, sen ham o’lasan bir kun, shuning uchun sen ham xayr
qilgin!» – demoqchi bo’libdi. U ham gap nima haqida ekanligini tushunib:
«Jim bo’l, meni o’lim bilan qo’rqitma!» – debdi.
«Ustoz, Allohning ibratli ishiga qaraginki, bir necha kun o’tdi. Shahar o’rtasidagi eng
qimmat, bir metr joyi million lira foyda beradigan joyda do’koni bor edi. Hokimiyatdan
kelib, uni chiqartira boshladi», – dedi. Senmiding hali boshqalarning xayriga monelik
qilib, bajarmaydigan? Qara-chi, qo’lingdagi do’koning qoldimi? Hukumat olib qo’ydi.
Evaziga qancha berdi? Arzimagan pulni beradi. Shunga o’xshash kimlardir birovlarning
berayotgan zakotiga to’sqinlik qiladi.
6. (Va a’kilur ribo). Foiz – ribo yeydigan. Foiz oluvchi, foiz beruvchi, foiz yeyuvchi. Bu
toifa ham jahannamga kiradi.
7. (Va sha’ribul xamr). Ichkilik, aroq ichuvchi. U ham jahannamga kiradi.
8. (Va zolimil yatim). Yetimga zulm qilgan. Ota-onasi, qarovchisi yo’q deb urib tepib,
ham molini sarflab, ham o’ziga zulm qilgan kimsa ham jahannamga kiradi.
9. (Val aji’ril g’a’dir). Ishchini ishlatib, haqqini bermagan, haqsizlik qilgan ham
jahannamga kiradi. Ba’zi zo’ravon kishilar bor: «Shuncha olding, yetadi, yo’qol endi!» –
deydi. Noinsof mansabdor yo biror korxonaning boshlig’i, ishchining haqqini esa o’ylab
ham ko’rmaydi. O’ylamaydi, lekin Alloh bir kun yoqasidan tutadi, ana shunda
jahannamga kiradi.
10. (Van-na’yihati). O’likka yig’lovchilar. Arablarda shunday xotinlar bor edi. Ular pul
evaziga birovlarning uyida o’likka yig’lab beradilar. Sochlarini yulib, dod-faryod solib,
«Oh, bunday edi! Oh, shunday edi, qora ko’zli edi!» – deb baqirib-chaqirib yig’lardi.
Bunga nayiha deyiladi. Bular ham jahannamga kiradilar.
11. (Va ja’mi’il-harom). Harom mol-dunyo to’plaganlar. Ular ham jahannamga kiradi.
12. (Va na’sil-Qur’on). Qur’onni yodlab, unutib yuborganlar ham jahannamga kiradi.
Muhtaram birodarlar! Qur’oni karimni ikki yo’l bilan unutish mumkin:
Birinchisi yodlaydi, lekin qaytarmaydi, natijada Qur’oni karimni unutadi. Bundaylar ko’p,
balki sizlarning orangizda ham bordir. Yodlaganini unutish katta gunoh.
– «Ar-rohman» surasini yoddan bilasizmi?
– Bilardim, lekin hozir o’qiyolmayman.
– «Taboraka»ni bilarding, o’qi!
– Unutdim.
– Bu gunoh. Bilgan suralaringni unutish gunoh...
Ikkinchisi: Qur’oni karimning ahkomlarini unutadi, amal qilmaydi. Musulmon nima qilishi
kerak? Qur’onning ahkomlariga amal qiladi. Allohning buyrug’ini bajaradi, harom
ishlardan qochadi.
13. (Va likulli fa’jir). Fajr – gunoh qilmoq degani. Gunoh qiluvchilar ham jahannamga
kiradi.