www.ziyouz.com kutubxonasi
76
Mujrimlar – gunohkorlar jahannamning ichiga otiladi. Shunda Alloh taolo jahannamdan
so’raydi:
«Ey, do’zax to’ldingmi, ichingda joy qolmadimi?»
Jahannam javob berar ekan:
«Yana bormi, ey Rabbim, agar bo’lsa, jo’nataver!»
(Val qozi’, rabbul a’lamiyn). Alloh taolo Mahkamai Kubrosini quradi va insonlarning bu
dunyoda bajargan amallaridin hisob so’raydi. Zarra miqdoricha xayrning mukofoti
bo’ladi, zarra qadar sharrning jazosi bo’ladi.
(Va yuhazzirukumullohu nafsahu). «Alloh oldindan sizlarni o’zidan ogoh etayapti,
saqlayapti, qo’rqityapti», – deb aytilmoqda hadisi qudsiyda.
Aziz va muhtaram birodarlarim! Fursat hali qo’ldan ketgani yo’q. Ramazon tugagani
yo’q. Ishlash imkoniyati bor hali. Allohdan qo’rqing! Taqvoni shior qiling, taqvoga rioya
qiling! Kunduzi ro’za tutib, kechasiga gunoh qilmang! Alloh yo’lida doimo sog’lom
shaklda yuring! Orif guvohnomasini qo’ldan boy bermang! Ramazon fursatini boy berib
qo’ymang, keyingi ramazonga chiqolmaydiganlar ham bo’lishi mumkin. Keyin bu fursatni
tutolmaslik ham mumkin!
Alloh taolo bizni g’aflat uyqusidan ogoh etsin! Sevgan amallarini bajarishga muvaffaq
qilsin. Yo’lida doim, zikrida qoyim aylasin. Huzuriga o’zi sevib, rozi bo’lgan bir qul bo’lib
borishni nasib aylasin!
Bi hurmati habi’bihi Muhammadinil mustafo va bi hurmati shahri ramazonal muborak va
hurmati asrori suratil fotiha!
11 fevral 1995 / 11 Ramazon 1415 OXIRATGA HOZIRLIK KO‘RISH A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m. Bismilla’hir rahma’nir rahi’m. Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd
bo’lsin! Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor
bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz – Muhammad alayhissalomga va
uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha
izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin!
Amma ba’d:
Alloh taolo Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning ruhlarini shod qilib, hayot
bo’lganlarga sihatu ofiyat va chiroyli xizmatlarni nasibu muyassar aylasin!
Rahmatli birodarim Fikriy Yovuz tarjima qilgan «Qirq qudsiy hadis» kitobidagi 26-hadisi
sharifda shunday deyiladi: