Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc


«Zotan, Alloh chiroyli amal qilguvchilarning ajr-mukofotlarini zoe etmas»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

«Zotan, Alloh chiroyli amal qilguvchilarning ajr-mukofotlarini zoe etmas».
Alloh taolo Qur’oni karimda inson farzandi yaxshi anglasin, xotirasiga chuqur o’rnashsin, 
tasavvur qilsin, deb ko’plab tashbihlar, misollar keltirgan. 
Bu so’zlardan murod shuki, insonlar dunyoga vaqtinchalik mehmon bo’lib kelganlar. Bu 
yer doimiy turadigan joy emas, balki vaqtinchalik kelib ketadigan joy. Binobarin
dunyoga kelgan insonlarning hammasi yo’lchi. Qarang, tug’ilishdan-o’limga, dunyodan 
oxiratga qarab ketayaptilar. Bu uzun va mashaqqatli yo’lchilikning bekatlari qabr, barzax 
olami, oxirat olami va mahshargohdir... Mahsharda, Mahkama kunida ming yillarcha 
kutishlik... Amallarni o’lchaydigan, insonlarni hisob-kitobga tortadigan, gunohkorlarning 
jazosini, yaxshilarning mukofotini beradigan bir marhala-bosqich... Undan keyin oxirgi 
marhala-so’nggi bekat bo’lgan jannat – mo’’minlar uchun, jahannam – kofirlar uchun. 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
79
Bu haqiqatdan ham bir yo’lchilikdir... Haqiqatan ham biz o’sha tomonga – oxiratga qarab 
safar qilayapmiz. Shu bois yo’l uzoq bo’lganligi uchun, bizlarga oziqlanmog’imiz lozim 
bo’lgan g’izolar, va yo’l ashyolarining zarurligi aytilmoqda. 
«Ajabo, yo’l ashyosi, ozuqasi nima ekan?» – deb so’rasangiz darhol xotiramizga oyati 
karima keladi: 
«Va (haj qilish uchun yo’lga zarur ozuqa bilan) ta’minlanib oling! Eng yaxshi 
ozuqa (ya’ni o’zingiz bilan birga bo’lishi lozim bo’lgan eng yaxshi narsa) 
Allohdan qo’rqishdir».
Bu oyatda «Yo’l ozuqasini tayyorlanglar ey mo’’minlar. Ey 
inson! «Yo’l ozuqasining eng xayrlisi taqvodir»,» – deya ta’kidlanmoqda. Modomiki, 
yo’lchilik uchun bizga zodu g’izo lozim ekan, (zod ham Qur’oni karim ifodasi bilan taqvo 
degani), uni qaerdan olamiz? 
Ramazon aynan mana shu ozuqani tayyorlash oyidir. Chunki bu oyda ro’za tutishni 
bizlarga farz qilgan Rabbimiz buyuryaptiki: 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin