Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
75
14. (Va mu’zil-jiron). Qo’shnisiga jafo, ziyon yetkazgan kishi. Bir shaharga borgan edik, 
o’sha yerlik bir kishi shikoyat qilib keldi: 
«Domla! Men falon mahallada yashayman. Shunday qo’shnilarim borki, to’pponcha 
qadab, tahdid soladilar!» – dedi. 
«Alloh seni ularning yomonligidan saqlasin! Yo ularni isloh qilsin, yo seni ularning 
orasidan qutqarsin, yo bo’lmasam ularni u yerdan daf’ qilsin!» – dedim. 
Demak, qo’shnisiga aziyat bergan ham jahannamga kiradi.
– Domla, agar mazkur illatlardan ba’zilari bizlarda bo’lsa, xasislik, chaqimchilik, 
riyokorlik yoki zakot bermaslik bo’lsa, nima bo’ladi endi? Albatta, riyokor bo’lmaslik, 
g’iybat qilmaslik, chaqimchilik qilmaslik oson ish emas. 
– Ha, bu yerda bitta qutulish eshigi bor: 
Agar bularni qilib, keyin tavba qilgan bo’lsa... 
Hazrati Ali raziyallohu anhu aytadilarki: «So’zda astag’firulloh al-azim va atubi ilayh», – 
deyishlik yolg’onchilarning tavbasi. Tavba – qaytish degani. Turgan holida turib, 
bajarayotgan ishini bajarib, yana tavba desa, yolg’onchilarning tavbasi bo’ladi. Asl tavba 
gunohni tark etib, gunohdan voz kechmoqdir. 
Tavba qilgan avvalgi yo’lidan qaytadi. Ba’zan aytamiz-ku: «Falonchi odam o’z yo’lidan 
qaytibdi. Tavba qilib insofga kelibdi. Qur’on kursiga qatnab, mutaddayyin musulmon 
bo’libdi. Islomni yoyishga xizmat qilmoqda. Ichkilik ichardi, tashlabdi. Qamoqxonaga 
tushib, tavbakor bo’lib chiqibdi, yaxshi inson bo’libdi». 
Ammo haqiqiy tavba qilganlar va imonini qutqarib, amali solih qilganlar Allohning 
rahmatiga erishadi. 
Alloh ularni kechiradi, kechiribgina, gunohlarini tozalabgina qolmasdan, ana o’sha 
gunohlarini hasanotga aylantiradi. Gunohlarini savobga almashtiradi. Nima uchun? 
Tavba qildi deb. Tavba qilganning oldingi gunohlari kechiriladi. 
«Chunki Alloh taolo G’afurdir, Rahimdir». G’afur – ko’p-ko’p mag’firat qiluvchi degani. 
Rahim – marhamati ko’p degani. Alloh ko’p marhamatlidir, ko’p mag’firatlidir. Shuning 
uchun tavba qilib, imonini quvvatlantirib, yaxshi inson bo’lib, solih amallar qilsa, ham 
kechiriladi, ham gunohlari tozalanadi hamda gunohlari hasanotga aylantiriladi.
U holda, ey mening qullarim, o’zingizga marhamat qiling! Chunki shu badanlar azobga 
chidolmaydi, zaifdir, olovga chidolmaydi. O’zingizga achining! Oxirat yo’lchiligi, uzoq-
uzun yo’lchilikdir, yuklar, vazifalar og’irdir. Badan zaif, yo’l uzoq, yuk og’ir. Isrofil 
alayhissalom surnayga puflab, insonlarni Arosat maydoniga chaqiradi. Kim qaerga 
ko’milgan bo’lsa, o’sha joyidan turib, u yerga borib to’planadilar. 
Alloh ogohlantiradi: «Ey bandam, o’z nafsinga rahm qil, badanlar ozg’in, manzil yiroq, 
yuk esa og’ir», ko’zingni och, hushyor bo’l. Safar tadorigini ko’r, bo’lmasa sharmanda 
bo’lasan». Chunki, (Van na’ra talazza’). Jahannam otashining olovlari otilib chiqib turadi. 
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir hadisi sharifda tushuntiradilar: Farishtalar 
mahshargohga jahannamni olib keladilar. O’zi muazzam, juda ham keng bo’lishiga 
qaramay, farishtalar uni mahshargohga olib kelishadi. Chapga-o’ngga og’ib turadi. 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin