www.ziyouz.com kutubxonasi
86
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning yuzlariga muhabbat, sevgi bilan qarabdi.
Quyoshga o’xshab porlab turgan nuroniy yuzni hayron bo’lib tomosha qilib turgan
ekanlar. Uning bu qarashini Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sezib qolibdilar:
«Ey, Savbon, tinchlikmi, nima bo’ldi? Tikilib qolding?».
Savbon debdi:
«Sizning jamolingizga qarab, mamnunu masrur bo’laman, yo Rasululloh, oxiratni eslab
esa ko’nglim cho’kadi. Chunki siz oxiratda Firdavsi a’loga kirasiz, Maqomi Mahmudga
erishasiz, jannatdagi eng yuksak darajalarga yetishasiz! Men esa hatto jannatga kirish-
kirmasligimni ham bilmayman? Jannatga kirgan taqdirimda ham sizning maqomingiz
qaerdayu mening darajam qaerda? Ajabo, Sizni u yerda ko’ra olarmikanman?».
«Milliardlarcha inson, millionlarcha musulmon – hammalari Rasululloh ishqida. Hovlimiz
Rasulullohniki bilan qo’shni bo’lsin», – deb duo qilib turibdi. Qayoqda, biz u
davlatmandning yoniga yaqinlasha olarmidik?» – deb xavotirga tushibdi.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:
«Xafa bo’lma! Kishi sevgan odami bilan birga bo’ladi!» – deb lutf aylabdilar. Alloh qodir,
sevganni sevgilisidan ayirib qo’ymaydi. Jannatda g’amginlik yo’q.
Demak, inson yaxshilarni sevsa, qiyomatda ular bilan hashr bo’ladi.
«(Ey Muhammad, mashaqqat va ozorlarga) sabr qiling! Zotan, Alloh chiroyli amal qilguvchilarning ajr-mukofotlarini zoe etmas». Chunki Alloh yaxshilarni, muhsin qullarini zoe’ qilmaydi.
Muhsin – biror narsani chiroyli bajargan degani. Ehson – ishini chiroyli qilmoq degani.
Ibodatdagi ehson nima ekan? Ya’ni ibodatni qanday qilib chiroyli bajaramiz, mukammal
ado etamiz?
«Ehson nima degani, ey Rasululloh?» – deb so’raydi Jabroil alayhissalom:
«Ehson – Allohni ko’rayotgandek Unga ibodat qilishingdir, agarchi sen Allohni
ko’rmasang ham U seni ko’rib turadi», – deb buyuradilar Rasululloh sallallohu alayhi
vasallam.
Sen «Allohu akbar» deyishing bilan uning huzurida bo’lasan. U senga shoh tomiringdan
ham yaqin.