Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc


«Ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan mashg’ul qila olmas»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

«Ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan mashg’ul qila olmas»
holi unda ro’yobga chiqadi. Alloh doimo xotirasida bo’ladi. Hayoti Payg’ambar sallallohu 
alayhi vasallam hayotiga o’xshab boradi. 
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam duoyu zikr bilan yotardilar. Yonlarida misvok 
bo’lardi. Orada uyg’onsalar, duo va zikr qilar, misvoklarini ishlatardilar. Tursalar ham, 
o’tirsalar ham tillari va dillari zikru duoda edi. Hojatga ketishlarida zikr qilardilar, Allohga 
sig’inardilar. Hojatdan qaytganlarida yana zikr qilib, Allohga hamd aytardilar. Tahorat 
olganlarida ham, masjidga borayotganlarida ham, namozni o’qib bo’lib, 
chiqayotganlarida ham, kiyim kiysalar ham, yechsalar ham, ovqat yesalar ham, yeb 
bo’lganlaridan keyin ham zikr qilardilar, duo etardilar. 
Bu hol nimani ko’rsatadi? Har onda Alloh taolo bilan birga bo’lganligini ko’rsatmoqda. 
Har lahza zikri haqiqiy, zikri mudom holida bo’lganliklarini ko’rsatadi. Biror lahza ham 
g’aflatda bo’lmaganliklarini ko’rsatadiki, maqsud – shu, inson shunday bo’lishi lozim. 
Shuning uchun tasavvufning asoslaridan biri – hush dar dam bo’lish. Sulaymon 
Chalabiy: 
Har narsada Alloh yodin aytgil mudom, 
Alloh oti birla bo’lur har ish tamom,
– deb yozganidek, har nafasda Allohni xotirasida saqlash, Allohni unutmaslik, Allohga 
qulligini bilish holatidir. «Xilvat dar anjuman» bo’lish tavsiya etilmoqda. Ya’ni xalq 
orasida bo’lsa ham Xoliq bilan birga bo’lish, qo’li ishda, ko’ngli yorda bo’lsin. «Dast ba 
koru dil ba yor». Buni tilimizda: «Qo’l ishda, ko’ngil bilishda», – deyiladi. Bilish –Mavlosi, 
Rabbini tanish, unga imon keltirish demak. Zikr shunday bo’ladi.
Shuning uchun inson bomdod namozidan keyin o’tirib zikr bilan mashg’ul bo’ladi. Yo 
qo’liga tasbeh olib, zikrlarni qiladi. Yoki bo’lmasam, Qur’oni karimni tilovat qilib, vaqtini 
unumli o’tkazadi. Namoz o’qimaydi, chunki bomdod namozidan keyin quyosh 
chiqquncha bo’lgan muddatni karohiyat – makruh vaqt, deyiladi. Agar kishi bomdod 
namozini quyosh chiqqunicha turib o’qiyolmagan bo’lsa, makruh vaqti tugamagunicha 
qazosini o’qiyolmaydi. 
Karohiyat vaqti quyosh chiqib, 25-30 daqiqa o’tganidan so’ng tugaydi, yoki bo’lmasam, 
quyosh yer sathidan bir nayza balandligicha ko’tariladi. Tabiiyki, hozir bizning yonimizda 
nayzamiz yo’q, uning qanchalik balandligini ham bilmaymiz. Ammo inson ufqqa 
qaraganida, quyoshning ufqdan biroz yuksalganini ko’radi. Quyoshga qaraganda 
ko’zlarini hali qamashtirmayotgan bo’lsa, shu ishroq vaqti. Agar quyosh yaxshigina 
ko’tarilgan bo’lsa va unga qarab bo’lmaydigan holga kelgan bo’lsa, u holda ishroq vaqti 
o’tib, zuho namozi vaqti kirgan bo’ladi. 
Bu yerda quyosh 25-30 daqiqa o’tganidan keyin turib ikki rakat namoz o’qish tavsiya 
qilinyapti. Va boshqa bir hadisi qudsiyda Parvardigorimizning: «Ey Odam farzandi! Sen 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin