www.ziyouz.com kutubxonasi
88
mushrik qabilalari ustiga bir islom qo’shinini yuboradilar. Qo’shin juda ham qisqa
muddatdan so’ng katta g’animatlar va zafar bilan Madinai munavvaraga qaytadi. Bundan
hamma mamnun bo’ladi. Chunki bunda ham zafar bor edi, ham ko’plab molu dunyo va
podalar qo’lga kiritilgandi. Shunda birisi: «Qanday yaxshi! Qisqa zamonda bu qadar
buyuk g’animat!» – dedi. Rivoyatlarga ko’ra, bu Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu
bo’lganlar.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuradilarki:
«Men sizlarga bundan ham ulug’ g’animatning xabarini beraymi?»
«Bering, yo Rasululloh!» – dedilar.
«Kim bomdod namozini jamoat bilan o’qib, keyin o’tirib zikrulloh bilan mashg’ul bo’lsa,
bu uning uchun yanada buyuk g’animatdir, ma’naviy yutuqdir».
Shuning uchun ham Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning bu go’zal
tavsiyalarini va odatlarini avliyoi kirom, ulamoi izom davom ettirganlar. Bomdod
namozidan keyin ishroq vaqtigacha zikru ibodat bilan shug’ullanib, keyin ishroq namozini
o’qiganlar.
(Summa qaada yazkurulloha). « So’ngra o’tirib Alloh ni zikr qilsa...», – deyilmoqda. Zikr
– arabchada xotirasida saqlash, yodga olish degani. Zikrning turlari bor. Tili bilan
«Alloh», «La ila’ha illalloh», – deyish. Asmoi husnaning birisini qaytarish, «Alhamdu
lilloh. Subhanalloh. Allohu akbar», – deb kalimai tayyibani qaytarish, qo’liga tasbeh olib,
takror-takror o’qish zikrdir. Zikr deganda birinchi bo’lib bizning aqlimizga keladigani –
shu.
Keyin Qur’oni karim zikrdir. Hatto Qur’oni karimning ismlaridan birisi ham zikrdir.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
«Zikrni biz tushurdik, uni biz qo’riqlaymiz», – oyati karimasidagi «az-zikr» so’zidan
murod – Qur’oni karim. Ya’ni: «Qur’oni karimni biz tushirdik, uni biz qo’riqlaymiz», –
demoqdir.
Namoz ham zikr bo’lib, zikrlarning eng buyugi, muazzam bir majmuidir. Boshlanishi,
o’rtasi, oxiri ham zikr. «Allohu akbar» bilan boshlanadi. «Subhanaka» – hamd, Qur’oni
karim, ruku va sajdalardagi tasbehlar, tahiyyatlar, salotu salomlar bilan davom etib,
oxiri salom bilan tugaydi.
Faqat zikrning zikr bo’lishi, zikr deb hisoblanishi – Alloh nazdida maqbul bo’lishi uchun
zokir, ya’ni zikr qiluvchiAllohga mute’ – itoatkor bo’lishi lozim. Bir inson Allohga itoatda
bo’lganligi uchun ham zikr qiladi, chunki itoat qilmoqda. Nima uchun itoat qilmoqda?
Alloh xotirasida bo’lganligi uchun ham Allohga osiy bo’lmayapti, shuning uchun ham u
zikr holatida. Agar bir inson Allohga osiy bo’lib isyon etish holatida bo’lsa, tilida biz
biladigan, tushunadigan bir qator chiroyli kalimalarni takrorlayotgan bo’lsa ham zikr
qilayotgan bo’lmaydi.
Bu jihatdan zikr Allohga itoat bilan birga bo’ladigan bir ishdir. Til bilan zikr, ya’ni:
«Alloh», «La ilaha illalloh» deyish yoki asmoi husnani, boshqa kalimoti toyyibotni
takrorlash, asl maqsad bo’lgan Allohni ongida, xotirasida, zehnida jonlantirish uchundir.
Shuning uchun ulamolarimiz buyurganlarki:
«Doimiy ravishda Alloh bilan birga bo’lish holi davomli zikr qilish orqali hosil bo’ladi».
ga o’xshash. Ya’ni «Olimlik o’rgana-o’rgana, ta’lim olish bilan bo’ladi». Zikr ham tafakkur
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com kutubxonasi
89
bilan o’zini majburlash orqali bo’ladi. Inson harakat qilib-harakat qilib, oxirida shunday
bir holga keladiki, bunga zikri mudom holi deyiladi, ya’ni Alloh taolo xotirasidan hech
chiqmaydi. Hech bir narsa uni Alloh zikridan to’xtatib qo’yolmaydi.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.