Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
93
o’rganib, ularni tuzatishga harakat qilishimiz lozim. Shom namozi ramazonda yo’qdek. 
Nima uchun? Odamlar ro’za tutadi, ro’zani ochamiz, deb masjidga kelmaydilar va 
namozlarini uylarida o’qiydilar. Shom namozi ramazonda go’yoki olib tashlangandek. 
Bunday bo’lmaydi, bu – noto’g’ri! To’g’risi qanday? Og’iz ochish uchun kerakli ozuqani 
yoniga olib, shom paytida namozini masjidda o’qiydilar va asta-sekin ovqatlanish uchun 
uylariga boradilar. 
Arabistondagi mo’’min birodarlarimiz bunga katta ahamiyat beradilar. Arabistonda har 
azondan keyin ma’lum miqdor kutish diniy idora tomonidan joriy etilgan bo’lib, bu 
devorlarga osib qo’yilgan. Unda masalan: «Peshin azoni aytilganidan 30 yoki 20 
daqiqadan keyin farz namozi o’qiladi. Asr azonidan 20 yoki 30 daqiqadan o’tgach, farz 
o’qiladi» va shunga o’xshash. 
Ramazonda umraga borganlar biladilar: Makkai mukarrama va Madinai munavvarada 
o’ziga xos bir odat mavjud. Masjidlarning ichida dasturxonlar yoziladi. Har bir kishi o’z 
dasturxonini ochadi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam masjidlarida har bir boy 
kishining o’z dasturxoni bor. Dasturxonni 5, 10, 20, 30 metrgacha ochib boradilar. 
Xurmolar va boshqa narsalar keltirib, zam-zam suvlar to’ldirib qo’yiladi. Ichkarilarda 
yana boshqa dasturxonlar hozirlanadi. Masjidning eshigidan kirishingiz bilan «Biznikiga 
keling!» – deb qo’lingizdan tortib olib ketib qoladilar. Ya’ni to o’zingizning 
dasturxoningizga yetib borguningizgacha 40 martalab da’vat qilinasiz. 
«Birodarlarimizning dasturxonida bizga ham joy berilgan edi!» – deb zo’rg’a o’tib 
borasiz. 
Azon aytiladi. Shom kirganidan so’ng har kishi o’z xurmosi-yu, zam-zami bilan ro’zasini 
ochadi. Besh daqiqa kutiladi va keyin dasturxonlar yig’ishtiriladi. Undan keyin iqomat 
keltirib, namoz o’qiladi. Jamoatni sira tark etmaydilar. Bizda esa, ramazonda jamoat 
bilan namoz faqat to’rt vaqtdir. Nima uchun? Chunki, shom yo’q, shomda hamma uyida 
ovqatlanadi. Bo’lmaydi! Masjidga kel, namozingni jamoat bilan o’qigin 27 marta savob 
ko’payadi, keyin esa uyingga boraver! 
Inson yana dam ham oladi. Kecha shomda qanday mazza qildik. Iftor vaqti bir 
masjidning yonida birodarlarimiz bizlarni to’xtatdilar va birgalikda namoz o’qidik. Ikki 
kishi – bir imom va bir qariya bor ekan. Masjidning asosiy qismini ochmabdilar, bir 
xonasida o’qiyaptilar, chunki jamoat kelmayapti. Atrofida uylar yo’qmi? Bor, lekin 
masjidga kelish odatlari yo’q! Bizning noto’g’ri odatlarimizdan biri – shu. Boshqasi esa 
azondan keyin darhol namoz o’qishligimiz. 
Men yashagan mahallada shunday edi. Mening uyim masjiddan to’rt yoki besh xonadon 
uzoqroqda edi. Azonni eshitishim bilan eshikdan chiqsam ham farzga zo’rg’a yetib 
kelardim. Sunnatni shosha-pisha o’qib, farzga yetishib olasiz. Nima bo’ldi? Nima uchun 
meni chaqirding? «Hayya alas solah». «Qani namozga kel!» – deb minoradan meni 
chaqirmadingmi? Men uydaligimda «namozga kel!» – demadingmi? Mana keldim, nima 
uchun meni kutmasdan o’qiding? Biroz kutsang, bo’lmasmidi! 
Kutish yaxshi. Biz ham «har azondan keyin o’n-o’n besh daqiqa kutamiz, jamoat 
tahoratini qilib olsin, – degan bir qoida qabul qilsak. Masalan, bir inson uxlab yotgan edi. 
Azonni eshitib turadi, tahoratini qilib, yetib keladi. Tahorat qilib kelishiga ruxsat ber, 
kelgandan keyin esa sunnatini o’qib olishga imkon ber va keyin farzga turing! Bizning 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin