Microsoft Word Raxmatullayeva Mushtariy



Yüklə 86,5 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.10.2023
ölçüsü86,5 Kb.
#161245
TIBdan 2mavzuga resurs



XALQ PЕDAGOGIKASIDA TA'LIM VA TARBIYA MASALARI. 
II-kurs magistri Raxmatullayeva Mushtariy Pardaboy qizi. Jizzax davlat 
pedagogika instituti. 
Annotasiya:
Ushbu maqolada xalq pеdagogikasida ta'lim va tarbiya 
masalari 
yoritilgan
. Xalq pedagogikasida hayotiy va pedagogik ma’lumotlar, 
kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega bo’lib muomala jarayonida o’zlashtiriladi. Xalq 
pedagogikasi tarixiy va ijtimoiy tajriba mahsuli va shu bilan birga ijtimoiy axloq 
va ijtimoiy moslashuv malakalarining shakllanishi vositasi, ekanligi kursatilib 
o’tilgan. 
O’tmish tajribasini o’rganish zamonaviy pedagogika fanining asosiy 
vazifalaridan biriga aylanmoqda. Biroq tarbiyaning milliy xususiyatlariga murojaat 
qilish madaniy ajralishga olib kelmasligi kerak. Zamonaviy pedagogika fanining 
maqsadi u milliy xususiyatlar asosida fanning zamonaviy muammolarini yechishga 
yordam beruvchi, uning rivojiga o’z hissasini qo’shuvchi kuchlarni topishdan 
iborat bo’lmog’i lozim. 
Xozirda dunyoning turli davlatlarida xalqlarning madaniy xususiyatlariga 
katta e’tibor berilishi avvalgi madaniy yutuqlarning xozirgi zamon talablariga 
javob berishi, mavjud muammolarni hal qilish uchun ulardan foydalanish 
masalasining keskinligini tushirmaydi. O’sib kelayotgan avlodni hayotga 
tayyorlashning ko’p asrlik tajribasi yordamida yoshlarning zamonaviy bozor-
iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatga tayyorlash 
mumkinmi; - degan masalada qizg’in bahs munozara boradi. 
Qanday qilib xalqning o’z milliy qiyofasi, madaniy xususiyatlarini 
tiklamasdan bugunning muammolarini yechsa bo’ladi? SHubhasiz, moziy 
tajribasida, xalq pedagogikasida tarbiya va ta’lim jarayonlariga qo’llash mumkin 
bo’lgan ko’p narsa bor. Xalq pedagogikasi shaxsga o’z davrida ijtimoiy 
xususiyatlarni paydo qilish uchun lozim bo’lgan pedagogik bilim, ko’nikma va 
malakalar, ta’lim-tarbiya berish, yo’llari, vositalarining majmuasi hisoblanadi. 
Milliy pedagogika xalqning ta’lim-tarbiya masalasi yuzasidagi qarashlari, 
g’oyalari, an’analari asosida shakllangan. Milliy pedagogikaning tengsiz qadriyati 
shuki, u birinchidan o’zida asrlar davomida shakllangan pedagogik haqiqatlarga 
ega, ikkinchidan esa u hayotiy, amaliy xarakterga. U o’z ifodasini xalq 
pedagogikasining barcha g’oyalari amaliy tajribaga asoslanganligi,, amaliyotda 
sinalgan va yosh avlodni tarbiyalash bo’yicha amaliy faoliyatga qaratilganligida 
topadi.. 
Xalq pedagogikasida hayotiy (maishiy, mehnat, axloqiy) va pedagogik 
ma’lumotlar, kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega bo’lib muomala jarayonida 
o’zlashtiriladi. Xalq pedagogikasi tarixiy va ijtimoiy tajriba mahsuli va shu bilan 
birga ijtimoiy axloq va ijtimoiy moslashuv malakalarining shakllanishi vositasi, 
omili hisoblanadi. Xalq pedagogikasi jamiyatning pedagogik madaniyatidagi eng 


yaxshi qadriyatlarni mujassamlashtirgan: kattalarga hurmat, mehmondo’stlik, 
mehnatsevarlik, yuqori axloq, rostgo’ylik. 
Xalq pedagogikasining ijtimoiy xarakteri yana, shunda namoyon bo’ladiki, u 
ko’pgina etnomadaniy hodisalar-dunyoqarash, tibbiyot, etika, din, ekologiya va 
boshqalar bilan o’zaro munosabatda yorqin namoyon bo’ladi. Bu muammolar 
olimlar tomonidan o’rganilmoqda. 
O’zbek xalq pedagogikasida shaxs dunyoni hayotiy shaxsiy tajriba orqali 
o’zlashtiradi, degan teran fikr mavjud, chunki u boshqa shaxslar bilan muomalaga 
kirar ekan, ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi. 
O’zbek xalqida shunday naql bor: chaqaloq xali shaxs emas, u tom ma’nodagi 
inson bo’ladimi, yo’qmi-bu uning ota-onasi, uni o’rab muhit va boshqa odamlar 
bilan o’zaro munosabatiga bog’liq. SHuning uchun xalq pedagogikasi faqatgina 
avvalgi avlodlar tomonidan erishilgan, ishlab chiqarilgan turli ong shakllarini 
o’zlashtirsagina go’dak insonga aylanadi. Bolaning tug’ilishi bilan birga, 
tarbiyalanishisiz halq hayotining rivoji, oldinga intilishi mumkin bo’lmagan 
hodisadir. Bu g’oya ko’psonli xalq rivoyatlari, afsonalari, dostonlarida o’rin olgan. 
Agar uni zamonaviy tushunchalarda ifodalasak, o’zbek xalq tarbiyasini hozir 
bolaga g’amxo’rlik qilish, uning sog’ligi haqida qayg’urish, uning hayotini himoya 
qilish, kattalar tomonidan uning aqliy rivojini, axloqiy, estetik, jismoniy va mehnat 
tarbiyasi uchun ularga ta’sir qilishning majmuasi hisoblanadi. 
O’zbeklarning etnografiyasining turli xil materiallarini taxlil qilar ekanmiz, u 
o’ziga yarasha mukammal inson modelini yarata olishini e’tirof etishimiz mumkin. 
Buyuk ma’rifatparvarlar-olimlar, pedagoglar, shoirlarning pedagogik g’oyalarini 
o’rganish inson tarbiyasi haqidagi xalq g’oyalari ularning asarlaridan joy 
topganligiini tasdiqlaydi. Ibn Sinoning “Tadbiri manzil” kitobining “bolalar 
tarbiyasi va ta’limi” bobida oila tarbiyasi amaliyotidan, Beruniyning “Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida turli xalqlarning an’analaridan Al-
Farobiyning “Katta musiqa kitobi”da xalq musiqasidan ko’p misollar bor, Nosir 
Husravning “Baxt kitobi”da ham oddiy odamlarning mehnatlari ulug’lanadi. 
Xalq 
pedagogikasini 
o’rganishga 
S.R.Rajabov, 
A.Ismoilova, 
I.Obidova, 
S.Temurova, M.Ochilov, A.Otayeva, Z.Mirtursunov, A.Minavarova kabi o’zbek 
olimlarining ishlari bag’ishlangan. Bu mualliflarning ishlarini birlashtirgan holda 
o’zbek xalq pedagogikasining quyidagi yo’nalishlarini ajratsak bo’ladi: 

bolaning axloqiy, aqliy, mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasining o’zaro 
aloqasi asosida har tomonlama rivojlanishi g’oyasi; 

shaxsning rivojlanishida oilaviy tarbiyaning yetakchi rolini belgilash; 

xalq pedagogikasi usul va tamoyillarining xalq ijodi namunalarida 
mujassamlashuvi; 

ta’lim-tarbiyaning pedagogik usullarini birlashtirish; 

xalq pedagogikasining amaliy xarakteri; 

xalq pedagogikasining o’sib kelayotgan avlodni aniq amaliy fuqarolik, 
oila faoliyatiga tayyorlashdagi ijtimoiy roli. 
Xalq pedagogikasining qoidalari xalq ijodi namunalari-maqol, ertak, ashula, 
doston, rivoyatlarda o’zining ifodasini topgan. Aynan shularda xalq asrlar 
mobaynida o’z ijtimoiy tajribasini umumlashtirgan. Ular hikmatlar shaklida pand-


o’git mazmuniga ega bo’lib xalqning ijtimoiy hayotga bo’lgan real(hayotiy) 
qarashlarini ifodalaydi. 
O’zbek xalq pedagogikasining o’ziga xos xususiyatlaridan biri xalq og’zaki 
ijodi matnlarida tarbiyaning vosita, usullarining tavsifi beriladi. 
Hayotiy sharoitlar, oilaviy an’analar, tarbiya usullari va vositalari o’zbek xalqi 
orasida nihoyatda turli tumandir va bundan ko’p sonli manbalar dalolat beradi. 
Aynan shularda biz mehnat jarayonlarinin yigitva qizlar uchun mo’ljallangan 
bayramlarning o’ziga xos tavsiflarini topamiz. 
An’ana, odat, marosimlar avloddan-avlodga o’tgan. Nikoh tuzish, bolaning 
tug’ilishi, , mehmonlarni kutib olish va kuzatish, vafot marosimi, mehnat 
jarayonlarini o’tkazishning muayyan qoidalari mavjud bo’lgan. Bu marosimlarda 
bolalarning doimiy ishtiroki ta’minlanadi. Bu odatlar yordamida o’zbeklarning 
an’anaviy muomala shakli shakllanadi. 
Sobiq sho’ro tuzimi davrida milliy an’analarga, odatlarga hurmatsizlik qilish 
oxir-oqibat axloqiy holatlarning yomonlashuviga olib keldi. So’nggi yillarda 
insonlarning tabiat, jamiyat, dinga nisbatan munosabatida ko’proq erkinlik paydo 
bo’ldi. Bu sharoitlarida odat, marosimlar, muomala madaniyatdagi o’ziga xoslik 
o’sib kelayotgan avlodning har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash 
tizimida yanada muhim o’rin tuta boshladi. O’zbek xalqi axloqiy odatlarining 
mustahkamligi asosan oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaning alohida 
ahamiyati bilan bog’liq. 
O’zbek xalq pedagogikasida sevgi, oila, bolalar haqidagi qarashlar ko’p 
yillik tajriba ta’sirida shakllangan. Bu tushunchalarning qonun va qonuniyatlarida 
pedagogik va amaliyotda sinalgan tarbiya normalari qoidalar,o’z aksini topgan. 
Xalq pedagogikasida oila inson hayotida eng asosiy tarbiya omili sifatida ko’riladi. 
Oila jamiyat negizidir. Oila bolalarga ta’sir etish usullari, odat-an’analarini 
aniqlashi kerak. U dam olish tartibini, bolalarning mehnat va o’quv 
mashg’ulotlarini belgilashi lozim. SHuningdek, oila ota-ona va bolalar orasidagi 
o’zaro munosabatlarning eng qulay me’yorlarini ishlab chiqadi. Chunki bola o’zini 
qiziqtirishgan masalalar bo’yicha eng avvallom bor o’z ota-onasi, eng avvalo onasi 
bilan o’rtoqlashadi. Bu yerda oila a’zolari orasidagi munosabatlar amalga oshadi, 
hamda ota-onaning tarbiyaviy vazifalari aniqlanadi. 
Oila va oilaviy tarbiyaning u yoki bu xususiyatlari doimo xalq e’tiborining 
markazida bo’lgan va bu xalq pedagogikasida o’z ifodasini topgan. Xalq avvalom 
bor baxtli oila yaratish yaratish uchun kurashgan. Xalq oilani baxt manbai, “tabiat 
go’zalligi”, mehnatsevar oila jamoasi sifatida ko’radi va oilada ayol va erkak teng 
huquqliligini e’tirof etadi, ayollar huquqini himoya qiladi, ajralishlarni qoralaydi, 
oilaviy nizolarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan hal qilishni maslahat beradi. 
Xalq pedagogikasida onalikka oliy ijtimoiy qadriyat sifatida qoraladi, xalq og’zaki 
ijodida esa ona doim ulug’lab kelinadi. Oilaning ijtimoiy vazifalarini xalq bolada 
ahloq, hurmat, kattalar va kichiklar bilan hushmuomala bo’lish, qishloq xo’jaligi, 
kasb-xunar malakalarini egallashda ko’rgan. 
O’zbekistonda zamonaviy bosqichda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining 
ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari. 


Ijtimoiy pedagogikani va ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining metodologik 
asoslari quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Bozor munosabatlarini shakllantirish va jamiyatni demokratiyalashtirish 
sharoitida davlatning kuchli ijtimoiy siyosati. Bu siyosatning asosiy yo’nalishlari 
Sh.M.Mirziyoyev asarlarida va davlat dasturiy hujjatlarida ko’rsatilgan. 
2.
Aholining eng kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish 
choralari to’g’risidagi hukumat farmoyishlari, qonun, farmonlarni hayotga tatbiq 
etish. 
3.
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi. 
Ijtimoiy muammolarga nihoyatda katta e’tibor qaratilishining sababi milliy 
davlatchilikni shakllantirish jarayonidir. Bu davrda ayniqsa ijtimoiy muammolar 
nihoyatda keskinlashadi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi milliy 
havfsizlikka tahdid omili bo’lib xizmat qilishi mumkin. SHuning uchun vaqtida 
choralar qabul qilish nihoyatda muhimdir.Iqtisodning liberallashuvi turli ijtimoiy 
qiyinchiliklarni –ilmsizlar sonini ortishi, turli tengsizliklar paydo bo’lishi, hayot 
tarzining buzilishini keltirib chiqardi. 
Shuning uchun O’zbekiston taraqqiyotining o’z yo’li, asoslanadigan yetakchi 
tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosat olib borish hisoblanadi. Bu siyosatning 
maqsadi quyidagilardir: 
1.
Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida aholining ijtimoiy himoyasini 
ta’minlash; 
2.
Aholining turli qatlamlarini paydo qilmaslik orqali ijtimoiy kelishuvni 
ta’minlash. 
Mustaqillik yillarida ko’rsatilgan maqsadlarga aholining ijtimoiy himoyasining 
yangi mehanizmi shakllangan va u quyidagilarda namoyon bo’ladi: 

ishlab chiqarishni barqarorlashtirish; 

davlat mablag’laridan tashqari, mehnat jamoalari, ijtimoiy va mehribonlik 
fond va tashkilotlarining mablag’larini yo’naltirish; 

aholi daromadlarining yuqori tabaqalashuviga yo’l qo’ymaslik; 

kambag’allikka qarshi kurashish, nogiron, yetim va qariyalarni qo’llab-
quvvatlashni kuchaytirish. 
Xulosa qilib aytganda milliy mentalitet va hayot tarzining xususiyatlarini 
inobatga olib, eng kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga mahalla 
qo’mitalari orqali yordam ko’rsatish kabi ijtimoiy qo’llab-quvvatlash shakli 
tarqalmoqda. Bunday yondashuv bizning xalqimizda ko’p asrli ildizlarga ega va 
amaliy ahamiyati esa mablag’larning hayotda aniq tarqatilishini ta’minlaydi. 
ADABIYOTLAR 
1.Sh.M. Mirziyayev. Erkin va farovon demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda 
barpo etamiz -Toshkent, O`zbekiston, 2016. 
2.G’oziyev E., Xolmuhamedov M., O’zbekiston respublikasi xalk ta’limi tizimida 
psixologik xizmat, Xalk ta’limi tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini 
oshirish va ularning attestasiyasi xakida Nizom. - Toshkent. 1986. Ibrohimov X. 
Psixologiya metodologiyasi– T.: 2002. 
3.G’oziyev E. Ontogenez psixologiyasi: nazariy- eksperemental taxlil /E. 
G’oziyev; O’z. R. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Milliy 


Universiteti. – Toshkent. : Nochir, 2010. 

Yüklə 86,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin