Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
387
ermasmu?» - deganlar (ya’ni, ayollar Olloh taologa ibodat qilmoq xususida erkaklarga
nisbatan ayrim nuqsonlarga egadir)».
41-bob. Vafot qilgan kishi zimmasida qolgan ro‘zaning hukmi
Hasan Basriy: «Vafot qilgan kishi zimmasida o‘ttiz kun ro‘za qolgan bo‘lsa, o‘ttiz
kishi bir
kundan tutib bersa bo‘lg‘aydir»,- deganlar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki
vafot qilsa, uning zimmasida qolgan ro‘zalarini (ya’ni, tuta olmagan ro‘zalarini) vafot
qilgan kishining yaqinlari tutib berg‘aydirlar»,-deganlar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi'Nabiy*sallallohu alayhi va sallam
huzurlariga kelib: «Yo
Rasululloh, onam, zimmalarida bir oylik ro‘za bo‘lgan hollarida
vafot qildilar, o‘sha zimmalaridagi ro‘zani men ado qilsam bo‘lurmi?» - deb so‘radi.
Janob Rasululloh: «Ha,- bo‘lg‘aydir. Chunki Ollohning
qarzini ado etmoq boshqa
qarzlarni ado k;ilmoqdan ham zarurroqdir! »- dedilar». : '
42-bob. Ro‘zador qaysi vaqtda ogaz ochsa, yaxshi bo‘ladir? Abu Sa’id quyosh
gardyshi ko‘rinmay qolgaida ogiz ochar erdilar
Umar ibn Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh
sallallohu alayhi va
sallam: «Agar qorong‘ulik mashriqdan kela boshlasa, yorug‘lik ersa mag‘ribdan keta
boshlasa va quyosh botsa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar».
Ibn Abu Avfo rivoyat qiladirlar: «Biz Janob Rasululloh
birlan birga safarda erdik, ul kishi
ro‘za erdilar. Kun botgandan so‘ng, bir kishiga og‘iz ochmoq uchun sut birlan suvni
aralashtirmoqni buyurdilar. U kishi ersa: Og‘iz ochmoqqa hali ertaroq zrmasmikin?» -
dedi, Janob Rasululloh buyruqlarini uch bor takrorlaganlaridan so‘ng,
u kishi ichimlik suvi
tayyorladi. Nabiy sallallohu alayhi a sallam suv ichib: «Agar qorong‘ulik mashriqdan
kelayotgan bo‘lsa, ro‘zadorning ro‘zasi ochilgan bo‘lur»,- dedilar».
Dostları ilə paylaş: