Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
89
degan joygacha, sovutilmagan otlar (mingan chavandozlar) o‘rtasida esa Saniyyat ul-
Vido’dan to Baniy Zurayx, masjidigacha poyga uyushtirdilar».
Poygachilar orasida
Abdulloh ham bor edilar.
42-bob. Masjidda mol taqsimlash va masjidga xurmo shingilini osish
Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Bahrayndan mol
keltirishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Masjidga to‘kib qo‘yingiz»,—
dedilar. Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ilgari keltirilgan mollardan ham ko‘p
erdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga chiqdilar,
lekin molga
qayrilib ham boqmadilar. Namozni tugatganlaridan keyingina molni taqsimlashga
kirishdilar, ko‘zlari tushgan odamga ulashdilar, hech kim qolmadi, hammasiga berdilar.
Shu payt amakilari Abbos kelib qoldilar va: «Yo
Rasululloh, shu moldan menga ham
beringiz, chunki men (Badr urushida) o‘zim va ukam Uqayl uchun fidya berdim (jon
to‘lovi to‘ladim)»,—dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oling!»—
dedilar. Abbos ridolariga hovuchlab soldilar, keyin ko‘tarishga
urindilar, ko‘tara
olmadilar. So‘ng: «Yo Rasululloh, birontasiga aytingiz, ko‘tartirib yuborsin!»—dedilar.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo‘q!»— dedilar. «(Bo‘lmasa) o‘zingiz ko‘targ‘izib
yuboringiz!»—dedilar Abbos. Rasululloh yana «Yo‘q!» — dedilar. Amakilari bir oz to‘kib,
so‘ng ko‘tarishga urindilar, yana ko‘tara olmadilar. So‘ng: «Rasululloh, buyuringiz,
birontasi ko‘tartirib yuborsin!»—dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana:
«Yo‘q!»— dedilar. Amakilari: «O’zingiz ko‘tartirib yuboringiz!»— dedilar. Rasululloh bu
gal ham: «Yo‘q!»—dedilar. Abbos yana ozgina to‘kib tashladilar,
keyin yelkalariga
ko‘tarib chiqib ketdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abbos amakilari
ko‘zga ko‘rinmay ketgunlaricha orqalaridan tikilib qoldilar, u kishining molga nisbatan
bo‘lgan xirsiga ajablandilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha
yerda moldan
biron dirham qolmaguncha o‘rinlaridan turmadilar».
Dostları ilə paylaş: