Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
91
48-bob. Johiliya davridagi (islomdan ilgarigi davrdagi) mushriklar qabrini
ko‘chirib, o‘rniga masjid qursa, bo‘lg‘aymi?
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Yahudiylarga Olloh la’nat yuborsin! Ular o‘z
payg‘ambarlarining qabrlarini masjidlarga aylantirib oldilar»,— deganlariga doir hamda
qabrlar usti va atrofida namoz o‘qimakning makruhligi xususida
Hazrat Umar Anas ibn Molikning qabr oldida namoz o‘qiyotganini ko‘rib: «E, yaxshimas,
bu qabr, qabr-ku!» — dedilar-u, lekin namozni qaytarib o‘qimakni buyurmadilar.
Oisha onamiz aytib berganlar: «Ummu Habiba va Ummu Salama Habashistonda o‘zlari
ko‘rgan kanisalar va uning ichidagi suratlarni eslab, so‘zlashib o‘tirdilar, so‘ng,
bular
to‘g‘risida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ham aytdilar. Rasululloh: «Ular, agar
oralarida biror taqvodor kishi vafot etg‘aydir, uning qabri ustiga masjid qurib, o‘sha
suratlarni solg‘aydirlar. Ular qiyomat kuni Olloh dargohida eng yomon xalqdir»,—
dedilar».
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga keldilar.
Madinaning yuqori qismidagi Banu Amr mahallasiga kelib tushdilar. U yerda Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam 14 kecha turib qoldilar. Keyin, Banu Najjorga odam
yubordilar.
Ular qilichlarini taqib, tayyor bo‘lib kelishdi. hozir ham ko‘z oldimda turibdi,
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuyalarida o‘tiribdilar. Abu Bakr esa orqalariga
mingashib olgan, Banu Najjor chor atroflarida, hatto Abu Ayyub maydoniga sig‘may
ketishgan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz vaqti qaerda to‘g‘ri kelib qolsa,
o‘sha yerda namoz o‘qimakni yaxshi ko‘rar edilar va (hatto) qo‘y qo‘ralarida
ham namoz
o‘qiyverardilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjid qurmakni buyurib, Banu
Najjor qabilasining bir jamoasiga odam yubordilar. Ular kelgach, «Ey Baniy Najjor,
menga mana bu bog‘ hovlilaringizni sotingiz!»—dedilar. Ular: «Yo‘q,
Ollohga qasam ichib
aytg‘aymizkim, pul olmag‘aymiz, fi sabililloh beramiz»,— deyishdi. Anas aytadir: «O’sha
bog‘-hovli ichida boya men sizlarga aytganim mushriklar qabrlari, xarobalar bo‘lib,
xurmozor ham bor erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushriklarning qabrlarini
ko‘chirmakni buyurdilar, keyin xarobalar ham tekislandi.
Xurmolarni kesishga buyurdilar,
kesishdi. Xurmo yog‘ochlari (bo‘lajak) masjidning qibla tomoniga taxlab qo‘yildi.
Odamlar poydevorga tosh tera boshladilar, ular bayt aytib tosh tashyshardi. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam ham ular birlan birga ishlar erdilar va nuqul: «Ilohi, oxirat
xayriyatidan boshqa xayriyat yo‘qdir, muhojiru ansoriylarni mag‘firat qilg‘aysen!» — der
erdilar».
Dostları ilə paylaş: