7-bob. Namozxon rabbi — Olloh taologa munojot qilg‘aydir Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki
namoz o‘qig‘aydir, rabbig‘a munojot etg‘aydir (ya’ni, Olloh birlan suhbat qilg‘aydir), shu
boisdan o‘ng tomoniga tupurmasin, ammo chap oyogi ostig‘a tupursa bo‘lur»,— deb
aytdilar».
Qatoda raziyallohu anhu: «Namozxon ro‘parasiga yokim old tomoniga tupurmaydir,
ammo chap tomoniga yokim ikki oyog‘i ostiga tupursa bo‘lur»,— deydilar.
Shu’ba raziyallohu anhu: «Namozxon old tomonita ham, o‘ng tomoniga ham
tupurmaydir, ammo chap tomoniga yokim oyog‘i ostiga tupursa bo‘lur»,— deydilar.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam:
«Qomatingizni tekis tutib sajda qilingiz, bilaklaringizni it yanglig‘ (erga) tashlab
olmangiz, agar tupurmak lozim ersa, ro‘parangizga ham, o‘ng tomoningizga ham
tupurmangiz, chunkim siz rabbingizg‘a munojot qilursiz (ya’ni, qalbingiz tili ila rabbingiz
birlan suhbatlashursiz)»,— deb aytdilar».
8-bob. Jazirama kunlarda salqin tushmog‘ini kutib peshin o‘qimoq haqida Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam: «Kun qattiq isib ketsa, namozni salqin tushganda o‘qingiz, jazirama issiq
jahannam nafasi yanglig‘dir», — dedilar».
Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning
muazzinlari peshinga azon aytdi. Shunda Janob Rasululloh: «Salqinlatg‘il, salqinlatg‘il
(yokim salqin tushmog‘ini kutg‘il, salqin tushmog‘ini kutg‘il)! Jazirama issiq jahannam
nafasi yanglig‘dir. Kun qattiq isib ketsa, tepaliklar yonida soya paydo bo‘lganini
ko‘rmagunimizcha, namoz o‘qimay turingiz!», — dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kun
qattiq isib ketsa, peshinni, salqin tushganda o‘qingiz, jazirama issiq jahannam nafasi
yanglig‘dir! O’t (olov) rabbiga shikoyat qilib: «Yo rabbiy, o‘zimni-o‘zim yeb qo‘ydim (bir-
birimni yeb qo‘ydim)», — der. Demak, o‘tning o‘zi ikkitadir, biri — qishda, ikkinchisi —
yozda bo‘lg‘aydir. Haddan ziyod isib ketganingizda yozdagisini, haddan ziyod sovuq
qotg‘aningizda ersa, qishdagisini his qilg‘aydirsiz», — dedilar».
Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Kun qattiq isib ketsa, peshinni salqin tushganda o‘qingiz, jazirama issiq jahannam
nafasi yanglig‘dir! » — dedilar».