Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
144
73-bob. Birinchi saf
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday
degandilar»,— deydilar: «Suvda g‘arq bo‘lganlar, qorin og‘rig‘i va vabodan o‘lganlar
yokim biror narsa bosib qolib o‘lganlar shahid o‘lgan hisoblanur.
Kishilar namozga erta
kelmog‘ning nechuk savobi borligini bilsalar erdi, (masjidga kim oldin bormakka)
musobaqa qilishur erdi. Namozi xufton birlan namozi bomdodda nechuk savob borligini
bilganlarida, sudralib (emaklab) bo‘lsa ham (masjidga) kelishur erdi.
Birinchi safda
nechuk savob borligini bilishsa erdi, qur’a (chek) tashlashar erdi».
74-bob. Safni to‘g‘rilamoq namozning mukammal bo‘lmog‘i shartlaridandir!
Abu Hurayra quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom
iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir, bunga rioya qilingiz. Agar ruku’ qilg‘aydir,
ruku’
qilingiz, agar «Sami’allohu liman hamidahu» degaydir, «Rabbano va laka-l-hamd»
deb aytingiz! Agar sajda qilg‘aydir, sajda qilingiz, agar o‘tirib o‘kig‘aydir,
hammangiz
o‘tirib o‘qingiz! Namozda safni to‘g‘rilangiz, chunkim safning to‘g‘ri bo‘lmog‘i namoz
ko‘rkidir!» — dedilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Saflaringizni to‘g‘rilangiz, chunkim saflarni to‘g‘ri qilmoq namozning mukammal
bo‘lmog‘idir!» — dedilar».
Dostları ilə paylaş: