79-bob. Imom va masjidning o‘ng tomoni afzal Ibn Abbos quyidagi hadisni aytdilar: «Bir kuni kechasi Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamning chap tomonlarida turib iqtido qildim. Shunda Rasululloh qo‘limdan ushlab,
«Orqamdan aylang‘il!»— deb ishora qildilar-da, o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar».
80-bob. Agar imom bilan qavm (namozxonlar) o‘rtasida devor yokim qandaydir to‘siq bo‘lsa... Hasan Basriy: «Sen birlan imom o‘rtasida daryo bo‘lsa ham unga iqtido qilib namoz
o‘qimog‘ingning zarari yo‘qdir»,— deydilar. Abu Mijlaz: «Garchi namozxon birlan imom
orasidan yo‘l o‘tgan bo‘lsa-da, takbir ovozi , eshitilib tursa, iqtido qilib namoz
o‘qilaverg‘aydir»,—deydilar.
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi bir to‘siq
ortida namoz o‘qiy boshladilar, to‘siqning bo‘yi past erdi. Odamlar Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamni ko‘rib, o‘rtalarida to‘siq bo‘lsa-da, ul kishiga iqtido qilib namoz
o‘qidilar. Tong otguncha namoz o‘qidilar, keyin o‘rtada to‘siq bo‘lganda namoz o‘qimoq
haqida suhbatlashdilar. Ertasi kechasi ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
namozga turdilar, odamlar ul kishiga iqtido qilishdi. Bu narsa 2 yoki 3 kecha
qaytarilgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha joyga namoz o‘qimoqqa
chiqmadilar. Tong otgach, odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bu kecha
namozga chiqmaganliklarining sababini so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Men kechasi turib namoz o‘qimoq sizlarga farz bo‘lib qolmog‘idan qo‘rqdim»,—
dedilar».
81-bob. Kechasi (turib) namoz o‘qimoq Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir
bo‘yralari bo‘lardi. Kunduzi (ustida) o‘tirar erdilar, kechasi esa (namoz o‘qiyotganlarida
o‘sha birlan qibla tomonni) to‘sib qo‘yar erdilar. Odamlar ul kishiga iqtido qilib namoz
o‘qishar erdi».
Zayd ibn Sobit quyidagi hadisni aytdilar: «RasululLOH sallallohu alayhi va sallam
o‘zlariga to‘siq qilib oldilar (nazarimda, Busur ibn Sa’id menga: «Ramazonda bo‘yradan
to‘sik qilib oldilar»,— degandi). Ramazonda bir necha kecha namoz o‘qidilar, ba’zi
sahobalar to‘siq ortida turib ul kishiga iqtido qilib namoz o‘qidilar. Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam buni bilib qolib, tashqariga chiqmay, uylarida namoz o‘qidilar. Keyin
chiqib: «Ey odamlar, men sizlarning qilayotgan ishlaringizdan boxabarmen, (naflni)
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
146
uylaringizda o‘qingiz. Chunkim (nafl) namozini uyda, farz namozini ersa masjidda
o‘qimoq afzaldir»,— dedilar».