26-bob. Tik turib xutba qilmoq Anas raziyallohu anhu: «Bir vaqt qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tikka
turib xutba qilayaptilar»,- deb aytdilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hozir siz
qilayotganingizdek tik turib xutba aytar erdilar, so‘ng o‘tirar erdilar, keyin yana turar
erdilar»,- dedilar.
27-bob. Imom odamlarga qarab xutba aytadir, odamlar ersa, imomga qarab tinglashg‘aydir Ibn Umar va Anas ibn Molik imomga tikilib turdilar.
Abu Sa’id al-Xudriy: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarga o‘tirdilar,
biz esa u kishining atroflarida o‘tirib tingladik»,-deydilar.
28-bob. Xutbada Ollohga sano aytgandan so‘ng «Ammo ba’d» («Andin so‘ng ersa») degan kishi haqida Hishom raziyallohu anhu quyidagi hadisni Fotimadan eshitgan erkanlar, unga Asmo aytib
bergan erkan: «Oisha onamizning huzurlariga kirsam, odamlar namoz o‘qishayotgan
erkan. «Odamlarga ne bo‘ldi?» - dedim. Oisha onamiz boshlari birlan osmonga ishora
qildilar. «Bu (oxirat) alomatimi?» - dedim. «Ha» degandek bosh qimirlatib qo‘ydilar.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni juda ham uzoq o‘qidilar, hatto mening
ko‘zim tinib ketdi. Yonimda meshchada suv bor erdi.
Ozini ochib boshimga suv quya boshladim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz
o‘qib bo‘ldilar hamki, quyosh tutilishi to‘xtab, kun yorishib ketdi. Janob Rasululloh Olloh
taologa hamdu sanolar aytdilar, so‘ng «Ammo ba’d» («Andin so‘ng ersa») deb
odamlarga xutba qildilar. (Olloh taologa aytilgan hamdu sano birlan odamlarga
aytmoqchi bo‘lgan xutbalarini bir-biriga qo‘shib yubormaslik uchun «Ammo ba’d»
dedilar). Shu payt bir to‘da ansoriy ayollar g‘ovur-g‘uvur qilib qolishdi. Men ularni
tinchitib, keyin (eshitmay qolganim uchun); «Rasululloh ne dedilar?» - deb Oisha
onamizdan so‘radim. Oisha onamiz Rasulullohning hamma aytganlarini menga
quyidagicha gapirib berdilar: «Menga ko‘rsatilmagan narsa qolmadi, hatto mana shu
joyda turib jannatni ham, do‘zaxni ham ko‘rdim. Menga vahiy qilindi, sizlar qabrda Masih
Dajjol fitnasi kabi yoki shunga yaqin bir sinovdan o‘tgaysizlar. Oldingizga kelib: «Mana
bu kishini (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni) taniysanmi?» - deb so‘ragaylar.
So‘ralguvchi mo‘‘min (shu yerda Hishom: «yokim taqvodor»,- deb ikkilangaydir) bo‘lsa,
«Bu kishi Rasululloh, Muhammad sallallohu alayhi va sallamdirlar. Bizga mo‘‘jizalar va
hidoyat yo‘lini olib kelganlar, biz u kishiga ishonib, aytganlarini qabul qilganmiz, u
kishiga ergashganmiz, hamma aytganlarini tasdiqlaganmiz»,- deydi. Unga: «Rohatlanib
uxlayver. Biz sening mo‘‘min ekanligingni bilur erdik»,- deyishadi. Ammo, so‘ralguvchi
munofiq (shu yerda Hishom: «yoki shubhalanuvchi»,- deb ikkilangaydir). bo‘lsa, «Bu
kishini taniysanmi?»-deyishganda, «Yo‘q, bilmasman, odamlar bu kishi xususlarida
nelardir deyishar erdi, men ham o‘shalardan eshitganlarimni aytar erdim»,- deydi