Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
26
35-bob. Ilm qanday yo‘qoladi? (kishilar dilidan ilmning ko‘tarilib ketishi
to‘g‘risida)
Umar ibn Abdulaziz Abu Bakr ibn Hazmga bunday deb yozgan edi: «Rasululloh sollallohu
alayhi va sallam aytgan so‘zlardan nimaiki bo‘lsa, hammasini ko‘rib chiqib,
yozib
yuborgin, chunki men ulamolarning vafotidan so‘ng ilmning yo‘q bo‘lib ketishidan
qo‘rqayapman. Faqat Rasululloh hadislari qabul qilinsin! Ulamolar ilm o‘rgatishga, ilm
tarqatishga kirishsinlar, bilmaganlarga o‘rgatsinlar,
zero ilm sir tutilmas ekan, halokatga
uchramaydi!»
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning
«Alloh taolo ilmni
bandalardan tortib olmaydi, uni ulamolarni vafot topdirish bilan tortib
oladi. Odamlar birorta ham ulamo qolmaganidan so‘ng dinni tushunmaydiganlarni
o‘zlariga boshliq qilib oladilar. So‘ng, ulardan so‘raydilar. Ular bilmasdan fatvo aytadilar.
O’zlari
ham adashadilar, o‘zgalarni ham adashtiradilar» deganlarini eshitganman»,—deb
aytgan.
Dostları ilə paylaş: