69-bob. Qabr ustiga masjid qurmoq Oisha onamiz raziyalloxu anxo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
betob bo‘lib yotganlarida, xotinlari (Ummu Salama va Ummu Habiba) ul kishiga
Habashistonda o‘zlari ko‘rgan kanisa to‘g‘risida so‘zlab berishdi. O’sha kanisa «Mariya»
deb atalar erdi. Uni Ummu Salama birlan Ummu Habiba raziyallohu anhumo
Habashistonga borishganda ko‘rgan bo‘lib, ularni kanisaning chiroyi va uning ichidagy
suratlar jalb etgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshlarini ko‘tarib: «Ular,
agar oralaridan bir solih kishi vafot etg‘aydir, uning qabri ustiga kanisa qurg‘aydirlar,
so‘ng ichiga suratlar chizg‘aydirlar. Ular Olloh taolo dargohida eng yomon otlig‘
insonlardir!»-dedilar».
70-bob. Xotin kishini qabrga kim qo‘yadir? Anas raziyalloxu anxu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning
qizlari - Ummu Gulsumning dafn marosimida qatnashdik. Shunda Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamga qarasak, qabr yonida turibdilar-u, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqayotir.
Nogahon: «Orangizda bul kecha ayoliga yaqinlik qilmagan kishi bormidir?»-deb
so‘radilar. «Men» ,— dedilar Abu Talha. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Tushg‘il qabrga!»-dedilar. Abu Talha qabrga tushib, mayyitni lahadga qo‘ydilar».
Fulayh raziyallohu anhu: «Nazarimda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Bul kecha
gunoh qilmagan kim bordir?» -deb aytdilar shekilli»,- deydilar.
71-bob. Shahidga janoza o‘qimoq to‘g‘risida Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida
shahid bo‘lganlarning har ikkitasini bir qabrga qo‘ydirar erdilar. Qabrga qo‘yilmog‘idan
avval: «Bulardan qaysi biri Qur’onni ko‘proq yodlagandir?»-deb so‘rar erdilar. «Mana
bunisi» deb ko‘rsatishgan mayyitni oldin lahadga qo‘ydirar erdilar. So‘ng, Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam: «Bul kishilarga (Olloh yo‘lida jonini qurbon qilganlarga)
qiyomat kuni men guvohdirmen!»-deb, ularning qonlarini yuvdirmay va janoza ham
o‘qitmay dafn qildirar erdilar».
Uqba ibn Omir rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Uhud
jangida shahid bo‘lganlarga o‘z ajali birlan o‘lgan mayyitga o‘qigandek janoza o‘qidilar.
So‘ng, minbarga chiqib: «Men sizlardan avval borib (jannatdan joy) tayyorlab
turg‘uvchimen va men sizning (qilgan yaxshi amallaringizga) guvohdirmen. Ollohga
qasam ichib ayturmenkim, hozir men Havzi Kavsarni ko‘rib turibdirmen, menga Yer
xazinalarining kalitlari (yokim «Yer kalitlari»,- dedilar shekilli) berildi. Olloh haqqi-
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
267
hurmati, men o‘lganimdan keyin sizlardan xotirjamdirmen, faqat, mol-dunyo ketidan
quvmasangizlar, deb qo‘rqg‘aymen, xolos»,- dedilar».