61-bob. Tug‘olmay o‘lgan xotinlarga janoza o‘qimoq haqida Sumra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning
orqalarida turib (ya’ni, iqtido qilib), tug‘olmay vafot etgan xotinga janoza o‘qidim.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, mayyit belining to‘g‘risida turib janoza
o‘qidilar».
62-bob. Imom xotin kishining janozasida qaerda turadi-yu erkak kishining janozasida qaerda turadi? Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamning orqalarida turib, tug‘olmay o‘lgan bir xotinning janozasini o‘qidim. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam ersa, mayyitning beli qarshisida turdilar».
63-bob. Janoza namozida to‘rt marta takbir aytmoq Humayd rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu bizga imomlik qilib janoza namozi
o‘qidilar. Shunda ul kishiga: «Uch marta takbir aytdingiz»,-deyishdi. Anas yana bir
marta takbir aytib, so‘ng salom berdilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
Najoshiy vafot etgan kuniyoq bu haqda xabar berdilar. So‘ng, sahobai kiromlar bilan
namozgohga chiqdilar. Ularni saflab, to‘rt marta takbir aytib, Najoshiyga janoza namozi
o‘qidilar».
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
Habashiston podshohi Najoshiyga to‘rt marta takbir aytib, janoza namozi o‘qidilar».
64-bob. Janoza namozida surai «Fotiha» ni o‘qimoq Hasan Basriy rivoyat qiladirlar: «Go‘dak bolaning janozasida surai «Fotiha» o‘qilg‘aydir,
keyin «Ollohum-ma-j’alhu lano salafan va fartan va ajran (Ilohi, bu go‘dakni, jannatga
bizdan avval borib, joy tayyorlab turguvchi va erta vafot etganligiga sabr qilmog‘imiz
evaziga bizlarga savobu mukofotlar ato etmog‘ingga sababchi qilg‘aysen!)»,- deyiladir».
Talha raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhuga iqtido qilib
namoz o‘qidim. O’shanda u kishi surai «Fotiha» ni o‘qib, so‘ng: «Surai «Fotiha» ni
janozada o‘qimoq sunnat ekanligini bilishsin, deb ataylab o‘qidim»,-dedilar».