141-bob. Sigir hisobida to‘lanadirgan zakot Abu Humayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ma’rab turgan
sigiri bo‘la turib, Olloh yo‘lida zakot to‘lamagan odamni qiyomatda ko‘rsatg‘aymen, ul
sigir kabi ma’rab kelg‘aydir»,— deb aytganlar».
Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasulullohning huzurlariga
kelganimda, ul zot: «Jonu tanim qo‘lida bo‘lgan Ollohga (yoki «Yakka-yu yagona
Ollohga», dedilar shekilli) qasamyod etib ayturmenkim, kimki tuya, sigir yokim qo‘ylari
bo‘la turib, zakot bermagan bo‘lsa, qiyomat kuni eng katta va eng semiz tuyasi, sigiri
yokim qo‘yi kelib, uni tuyoqlari birlan tepkilag‘aydir, shoxlari birlan suzg‘aydir, keyin
ketidan boshqalari ham kelib odamlar oldida, to to‘lanmagan zakotning haqqi
olinguncha, shu ishni qilg‘aydir»,— dedilar».
142-bob. Qarindoshlarga zakot bermoq haqida Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qarindoshlariga zakot bergan odamga ikkita savob
tekkaydir — biri qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, ikkinchisi — zakot bergani
uchun»,— dedilar.
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Talha Madinadagi ansorlar ichida
eng ko‘p xurmozor yerlarga ega bo‘lgan badavlat kishi erdi. U o‘z mulklaridan, ko‘proq,
Bayruhoni yaxshi ko‘rar erdi. Bayruho masjidning qarshisida bo‘lib, Janob Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam u yerga kirib, totli suvidan ichib turar erdilar. Olloh taoloning
«O’zingiz suygan narsani ehson qilmaguningizcha xayr topmag‘aydirsiz!» degan oyati
kariymasi nozil bo‘lganda Abu Talha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning
huzurlariga borib: «Yo Rasululloh, Olloh taolo: «Suyukli narsangizni sadaqa qilmay turib,
yaxshilikka muyassar bo‘la olmag‘aydirsiz!» — der erkan, unda men o‘zimning eng