Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
32
Anas ibn Molikdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Muoz ibn Jabalni ulovlariga
mingashtirib ketayotganlarida bunday dedilar: «Ey Muoz!» «Labbayka, yo rasulalloh va
sa’dayka (men
shu yerdaman, xizmatingizga tayyorman)»,— debdi Muoz. «Ey Muoz!» —
dedilar yana. «Labbayka yo rasulalloh va sa’dayka»,— deb javob beribdi Muoz. (Shu
gapni uch bor qaytarganlaridan ) keyin, «Ashhadu alla iloha illallohu vashhadu anna
Muhammadan abduhu va rasuluhu»
ni chin qalbdan aytgan, odamgagina Alloh taolo
do‘zax o‘tini harom qilg‘ay», dedilar. Muoz dedi: «Yo Rasulalloh, umidvor bo‘lsinlar, deb
odamlarga buni xabar qilaymi?» Rasululloh: «Agar umidvor bo‘lsalar...»,— deb
gaplarini
oxirigacha aytmadilar. Muoz bu gapni o‘limi oldidan (hadisni yashirib gunohkor bo‘lib
qolishdan qo‘rqib) to‘la-to‘kis aytib bergan.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Muozga: «Kimki Alloh taologa shirk keltirmay
ro‘baro‘ bo‘lsa, jannatga kirgay»,— degan ekanlar. Shunda Muoz: «Odamlarga bu .
xushxabarni aytaymi?» —
degan edi, «Yo‘q, qattiq umid bog‘lashlaridan qo‘rqaman»,—
dedilar Rasululloh (ya’ni, odamlar: «Allohga shirk keltirmasak bas,
jannatga kirar
ekanmiz»,— deb noto‘g‘ri o‘ylamasinlar»,— degan ma’noda bo‘lsa kerak).
Dostları ilə paylaş: