101-bob. Qurbonlik kuni ertalab, tosh otadirgan paytda, talbiya va takbir aytmoq hamda (tuyaga) mingashib yurmoq haqida Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Fazlni tuyalariga
mingashtirib olib, tosh otadirgan paytgacha talbiya aytdilar, buni menga Fazlning o‘zi
aytgandi»,- deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu
Arafotdan Muzdalifagacha Nabiy sallallohu alayhi va sallamning tuyalariga mingashib
bordi, Muzdalifadan Minogacha ersa, Fazl mingashib keldi. Ularning ikkovlari ham:
«Nabiy sallallohu alayhi va sallam Aqabada tosh otgunlariga qadar uzluksiz talbiya
aytdilar»,- deyishadir».
102-bob. Olloh taolo bunday deydyr: «Kimki (bir yilning o‘zida) umra va haj qilib, savob
topmoqchi bo‘lg‘aydir-u, jonlig‘ini (xastalik yokim boshqa boisga ko‘ra) qurbonliq
aylamakka muyassar bo‘lolmay qolg‘aydir, (boshqa biror kishi orqali berib yuborsin) va
kimki (qurbonlik uchun jonliq) topolmag‘aydir, uch kun haj vaqtida va yetti kun (uyiga)
qaytganda ro‘za tutsin, hammasi bo‘lib to‘liq o‘n kun (tutsin)! Bular, ahli Makkai
Mukarramada bo‘lmaganlar uchundir!»
Abu Jamra rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Abbos raziyallohu anhudan mut’aga ijozat
so‘raganimda, menga mut’a qilmakka ruxsat berdilar. Keyin, qurbonlik to‘g‘risida
so‘raganimda, ul kishi: «Mut’a qiladirgan odam bir tuya yokim bir sigir yokim bir qo‘y
qurbonlik qilmog‘i lozimdir, yoinki birov birlan sherikchilikka qurbonlik aylamog‘i
kerak»,- dedilar. Odamlar bunday mut’a qilmoqni makruh, deb hisoblashar erdi. Keyin,
tushimda birov nido qilib: «Hajing xayrli va mut’ang maqbul bo‘lg‘ay!»-dedi. Buni Ibn
Abbos raziyallohu anhuga gapirib berganimda, ul kishi: «Ollohu akbar! Bu - Abulqosim
(Rasululloh) sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari»,- dedilar.
Shu’ba: «Umrang maqbul va hajing xayrli bo‘lg‘ay!» deyilgan bo‘lsa kerak»,-deydilar.