Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Jonliqni qaeri yeyiladir, qaeri sadaqa qilinadir?



Yüklə 3,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə416/490
tarix07.01.2024
ölçüsü3,45 Mb.
#205450
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

124-bob. Jonliqni qaeri yeyiladir, qaeri sadaqa qilinadir?
Umar raziyallohu anhu: «Ov qilingan yokim so‘yilgan hayvonning sadaqa etilgan 
go‘shtidan egasi yemag‘aydir, undan boshqa go‘shtlarini yesa bo‘lur»,- deydilar. Ato: 
«Mut’a go‘shtidan uning egasi ham, boshqalar ham yeydir»,- deydilar. 
Ibn Jurayj rivoyat qiladirlar: «Ato raziyallohu anhu: «Men, Jobir ibn Abdullohning 
«Minoda o‘zimiz so‘ygan jonliqlar go‘shtidan uch kundan ortiq» yemas erdik. Nabiy 
sallallohu alayhi va sallam bizga: «Tanovul ham qilingiz, saqlab ham qo‘yingiz!» - 
dedilar. Biz aytganlaridek, ham yeb, ham saqlab qo‘yadirgan bo‘ldik» deganini 
eshitdim»,- dedilar. Men: «Jobir, Madinaga kelgunimizga qadar, deb aytdimi?» - dedim. 
Ato: «Yo‘q»,- dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga Zulqa’da oyining besh kuni qolganda yo‘lga chiqdik, haj qilmoqdan boshqa 
niyatimiz yo‘q erdi. Makkaga yaqinlashganimizda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Kim qurbonlikka jonliq yetaklab kelgan ersa, Ka’bani tavof aylagandan so‘ng ehromini 
yechsin!» - deb farmon berdilar. Ittifoqo, Nahr kuni bizga go‘sht keltirishdi. «Bu nedir?»-
deb so‘raganimda, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xotinlari nomidan qurbonlikka mol 
so‘ydilar»,- deyishdi». 
125-bob. Soch oldirmasdan ilgari jonliq so'yish haqida.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: 
«Jonlig‘ini so‘ymoqdan oldin sochini oldirib qo‘ysa, ne bo‘lg‘aydir?» -deb so‘rashdi. Janob 
Rasululloh: «Hechqisi yo‘q, zarari yo‘q»,- deb javob qildilar». 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Nabiy sallallohu alayhi va 
sallamdan: «Tosh otmasdan burun tavof qilib qo‘yibdirmen, endi ne bo‘lg‘aydir?»-deb 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
343
so‘radi. Janob Rasululloh: «Hechqisy yo‘q, hechqisi yo‘q»,-dedilar. «Jonlig‘imni 
so‘ymasdan oldin soch oldirib qo‘yibdirmen»,- degan erdi, «Zarari yo‘q»,- deb javob 
qildilar. «Tosh otmasdan burun jonlig‘imni so‘yib qo‘yibdirmen»,- deganida ham 
«Hechqisi yo‘q»,- dedilar». 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir 
kishi: «Kech kirganda tosh otibdirmen?» - dedi. Janob Rasululloh: «Zarari yo‘q»,- 
dedilar. «Qurbonlik qilmasdan burun soch oldirib qo‘yibdirmen»,- dedi. Janob Rasululloh: 
«Hechqisi yo‘q»,- dedilar». 
Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men, Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam Bathodaliklarida, huzurlariga bordim. «Haj qildingmi?» - dedilar. «Ha»,- dedim. 
«Nimaga ehrom bog‘lading?» - dedilar. «Nabiy sallallohu alayhi va sallam nimaga ehrom 
bog‘lagan bo‘lsalar, o‘shanga»,- dedim. «Yaxshi qilibdirsen, borib Ka’bani tavof etg‘il, 
so‘ng Safo va Marvada sa’y aylag‘il!»-dedilar. Keyin, Baniy Qays qabilasiga mansub bir 
ayolning oldiga bordim, u sochimni tozaladi, so‘ng hajga ehrom bog‘ladim. Keyin men 
Hazrat Umar xalifa bo‘lgunlariga qadar, «Sizlar ham shunday qilingizlar!» deb 
boshqalarga fatvo berib yurdim. Hazrat Umar xalifa bo‘lganlarida buni aytgan erdim, ul 
kishi: «Agar Qur’onni olib o‘qisak, boshlagan ishimizni nihoyasiga yetkazmoq, Janob 
Rasulullohning sunnatlariga rioya etmrq buyurilganlig‘ini anglag‘aydirmiz, chunkim 
Rasululloh qurbonlikka atalgan jonliqlarini zabh qilmagunlaricha ehromlarini 
yechmaganlar»,- deb aytdilar». 

Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin