Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
355
beribdir. O’sha oshnam Abdulloh ibn Abu Avfoga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam
zaifalari
Xadicha xususinda ne deganlar, so‘zlab bering!» - debdir. Abdulloh ibn Abu
Avfo: «Janob Rasululloh, Xadichaga uning uchun jannatda shakarqamishdan qurylgan uy
atab qo‘yilganini va unda g‘amu tashvish hamda mashaqqat yo‘qlig‘ini aytib,
xursand
qilingizlar, deganlar»,- debdir».
Amr ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Biz Ibn Umar raziyallohu anhudan: «Kimki, umra
jarayonida Safo va Marvani tavof aylamay, faqat Ka’bani tavof etmak bilangina
cheklansa, ayoliga yaqinlik qila olg‘aydirmi?»- deb so‘radik. Ul kishi: «Nabiy sallallohu
alayhi
va sallam Makkaga kelib, Ka’bani yetti marta tavof ayladilar, so‘ng Maqomi
Ibrohim orqasida ikki rak’at tavof namozi o‘qib, Safo va Marva orasida yetti marta sa’y
qildilar»,- dedilar-da, «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir» degan
oyatni o‘qidilar».
Amr ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Biz Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan so‘ragan
erdik, ul kishi: «Safo va Marvani tavof aylamaguncha ayollaringizga yaqinlashmangiz!»-
deb aytdilar».
Abu Muso Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy
sallallohu alayhi va sallam
Bathoda erkanliklarida huzurlariga bordim, ul kishi tuyalarini cho‘ktirib qo‘ygan erkanlar.
Meni ko‘rib: «Haj qilib keldingmi?» - dedilar. Men: «Ha»,- dedim. «Nimaga (hajgami?
umragami?) tahlil aytding?» - dedilar. «Janob nimaga tahlil aytgan bo‘lsalar, men ham
o‘shanga tahlil aytdim»,- dedim. Ul kishi: «Yaxshi qilibdirsen, Ka’ba
hamda Safo va
Marvani tavof aylag‘il-da, ehromingni yechg‘il!» - dedilar. Aytganlarini qildim. Keyin,
Qays qabilasiga mansub bir ayolning oldiga bordim, ul sochimni kalta qilib qo‘ydi, so‘ng
ehromimni yechdim. Keyin, Hazrat Umar xalifa bo‘lgunlariga qadar shul haqda fatvo
berib yurdim. Hazrat Umar xalifa bo‘lganlaridan so‘ng, shul xususda aytgan erdim, ul
kishi: «Agar Qur’onni olib o‘qisak, boshlagan
ishimizni nihoyasiga yetkazmoq, Janob
Rasulullohning sunnatlariga rioya qilmoq buyurilganligini anglag‘aydirmiz, chunkim
Rasululloh qurbonlikka atalgan jonliqlarini zabh qilmagunlaricha ehromlarini
yechmaganlar»,- deb aytdilar».
Abulasvad rivoyat qiladirlar: «Asmo binti
Abu Bakrning mavlosi Abdulloh, Asmoning har
safar Hajundan o‘tayotib, «Olloh Muhammadni rahmat qilsin, biz ul kishi birlan mana
shul
yerga tushganmiz, o‘shanda yukimiz yengil, tuyalarimiz va ozuqamiz oz erdi. Men,
singlim Oisha, Zubayr va falonchi-pistonchilar umra qilgan erdik. Ka’bani o‘pib, silab
tavof aylaganimizdan so‘ng, hajga ehrom bog‘lagan erdik» deganlarini eshitgan erkan».
Dostları ilə paylaş: