Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ro‘zadorning qon oldirishi va qayt qilishi haqida



Yüklə 3,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə466/490
tarix07.01.2024
ölçüsü3,45 Mb.
#205450
1   ...   462   463   464   465   466   467   468   469   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

31-bob. Ro‘zadorning qon oldirishi va qayt qilishi haqida
Abu Hurayra: «Agar ro‘zador qayt qilsa, ro‘zasi ochilmaydir, chunki bu holda ovqat 
ro‘zadorning oshqozonidan chiqadir, unga kirmaydir»,- deydilar. Abu Hurayraning 
boshqa bir rivoyatlarida «Ro‘zador qayt qilsa, ro‘zasi ochiladir», deb aytilgan, lekin 
avvalgisi to‘g‘ri. Ibn Abbos va Ikrima: «Ro‘za qoringa kirgan narsadan ochiladir, chiqqan 
narsadan ermas»,- deydilar. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu ro‘za bo‘la turib, 
kunduzi qon oldirar erdilar, so‘ng kechasi oldiradirgan bo‘ldilar. Abu Muso ham kechasi 
qon oldirardilar. Sa’d, Zayd ibn Arqom va Ummu Salamalar ro‘za bo‘la turib, kunduzi 
qon oldirishgani haqida rivoyat qilingan. Bukayr Ummu Alqama: «Oisha raziyallohu anho 
huzurlarida ro‘za holimizda qon oldirar erdik, lekin ul kishi bizni bundan qaytarmas 
erdilar»,- deydilar. Hasan Basriy va boshqalar: «Kishi ro‘za holda qon oldirsa, qon 
olganning ham, oldirganning ham ro‘zasi ochilg‘aydir», - deb rivoyat qilishadi. 
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ehromda bo‘lgan 
chog‘larida va ro‘za tutgan paytlarida qon oldirganlar»,- deb rivoyat qiladirlar. 
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ro‘za hollarida qon oldirar 
erdilar»,- deydilar. 
Sobitulbunoniy Anas raziyallohu anhudan: «Ro‘zadorning qon oldirishini yoqtirmas 
erdingizlarmi?» - deb so‘radilar. U kishi: «Ha, qon oldirgandan so‘ng, madori qurib 
qolishini yoqtirmas erdik»,- deb aytdilar. 
32-bob. Safarda ro‘za tutmoq va tutmaslik haqida
Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga safarda erdik. Janob Rasululloh bir kishiga: «Iftor qilmog‘im uchun ulovdan 
tushib, sutni suvga (yokim talqonni suvga) aralashtirib berg‘il!»-deb buyurdilar, Ul kishi: 
«Quyoshning nurlari hali so‘ngani yo‘q-ku?!»-dedi. Janob Rasululloh ikkinchi marta 
buyurdilar. Boyagi kishi yana: «Quyoshning nurlari hali so‘ngani yo‘q-ku?!» - dedi. 
Janob Rasululloh uchinchi marta buyurganlaridan keyin, u ulovdan tushib, sutni suvga 
aralashtirib berdi. Janob Rasululloh o‘shandan ichib, og‘iz ochdilar. So‘ng, muborak 
qo‘llari birlan kun botar tomonga ishora qilib, «Agar qorong‘ulik mashriq tomondan 
tusha boshlasa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
385
Oisha raziyallohu anho: «Hamza ibn Amrulaslamiy: «Yo Rasululloh, men har doim, har 
kuni ro‘za tutg‘ayman»,- deb aytdi»,- deydilar. 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hamza ibn Amrulaslamiy Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamdan «Safarda bo‘lganimda ham ro‘za tutaverayinmi?» -deb so‘radi. 
Janob Rasululloh: «Xohlasang tutg‘il, xohlamasang, tutmag‘il!» - dedilar». 

Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   462   463   464   465   466   467   468   469   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin