Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
46
marta bir hovuchdan suv olib, og‘iz va burunlarini chayqadilar, 3
marta yuzlarini
yuvdilar, 2 marta qo‘llarini tirsaklari bilan qo‘shib yuvdilar, keyin suv olib,
boshga mash
tortdilar, oyoqlarini yuvdilar. So‘ng: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday
tahorat qilganlarini ko‘rganman»,— dedilar».
Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv keltirmoqni
buyurdilar. Idishda ozroq suv keltirildi. Rasululloh sollallohu
alayhi va sallam idishning
og‘ziga panjalarini qo‘ydilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning panjalari orasidan
sizib tushayotgan suvga taxminan 70 yoki 80 nafar odam tahorat oldi».
49-bob. Bir mud (taxminan bir litr) suv bilam tahorat olmoq
Ibn Jabrga Anas bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘uslga
bir so’dan (taxminan 4 litrdan) 5 mudgacha (taxminan 5 litrgacha) suv
ishlatar edilar, 1
mud suv bilan tahorat olar edilar».
50-bob. Mahsiga mash tortmoq
Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mahsilariga mash
tortadilar»,— dedi. Abdulloh ibn Umar otasidan: «Shu to‘g‘rimi?»—deb so‘radi. «Ha,
to‘g‘ri, agar Sa’d senga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam
xususlarida biror narga
so‘zlasa, bu to‘g‘rida boshqalardan so‘ramagin!»
Urva ibn al-Mug‘ira rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (qazoi
hojatga) tashqariga chiqdilar. Otam Mug‘ira ibn Shuba obdastada suv olib, u kishiga
ergashdilar, Janob Rasululloh hojatlaridan bo‘shagach, suv quyib berdilar.
Rasululloh
tahorat olib, mahsilariga mash tordilar».
Ja’far ibn Amr: «Otam Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning mahsiga mash
tortganlarini ko‘rganlar»,— deb rivoyat qiladilar.
Ja’far ibn Amr yana bunday deganlar: «Otam Janob Rasululloh sollallohu alayhi va
sallamning sallalariga va mahsilariga mash tortganlarini ko‘rgan ekanlar».
Dostları ilə paylaş: