Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
159
erdi»,— deydilar (bu Molikiylar mazhabida, ammo qolgan uch mazhabda avval tizza,
keyin qo‘l qo‘yilg‘aydir).
Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra raziyallohu anhu barcha
namozda, buyurilgan va buyurilmagan namozlarda ham takbir aytur erdilar. Farzda
ham,
sunnatda ham, Ramazonda ham, qiyomda ham, ruku’da ham takbir aytar erdilar.
Keyin, «Sami’allohu liman hamidahu» deb boshlarini ko‘tarar erdilar, so‘ng sajdaga
ketishdan avval, «Rabbano va lakal-hamd» der erdilar. Keyin, «Ollohu akbar» deb
sajdaga ketar erdilar, so‘ng sajdadan bosh ko‘tarayotganda takbir aytar erdilar. Keyin,
ikkinchi sajdaga borayotganda
takbir aytar erdilar, so‘ng ikkinchi sajdadan bosh
ko‘tarayotganda takbir aytar erdilar hamda tashahhuddan turayotganda takbir aytar
erdilar. Yuqorida ko‘rsatilganlarni har bir rak’atda, to namoz tugaguncha qilar erdilar.
Namozdan qaytayotib: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamyod qilib ayturmenkim,
hammangizning namoz o‘qishingizdan ko‘ra, mening namoz o‘qishim ko‘proq Rasululloh
sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qishlariga o‘xshaydir. Rasululloh
sallallohu alayhi
va sallam to dunyodan oxiratga o‘tib ketgunlaricha ana shunday namoz o‘qiganlar»,—
dedilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu Abu Bakr va Abu Salamaga bunday debdilar: «Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam ruku’dan bosh ko‘tarayotib, «Sami’allohu liman hamidahu»,—
qiyomda ersa «Rabbano va lakal-hamd» der erdilar. Keyin: «Ilohi, Valid ibn Validga
najot berg‘il, Salama ibn Hishomga ham najot berg‘il, Iyosh ibn Abu Rabi’aga ham najot
berg‘il, shuningdek zaif, ezilgan mo‘‘minlarga najot berg‘il. Ilohi, Muzar kofirlariga qattiq
azob berg‘il va ularga Yusuf alayhissalom davridagi qahatchilikdek qahatchilik yuborg‘il!»
— der erdilar. O’sha kunlarda Muzar qabilasidan bo‘lmish
Mashriq ahli Rasulullohga
dushman kishilar erdi».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ot ustidan yiqilib
tushdilar (Abu Sufyon: «Otdan yiqildilar»,—deb erdi shekilli). Shunda o‘ng tomonlari
shilinib ketdi. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rgani kirdik. Namoz vaqti
bo‘ldi. Bizga o‘tirgan holda imomlik qildilar, biz ham o‘tirib o‘qidik (Sufyon: «Bir
marta
o‘tirgan holimizda uqidik»,— degandi). Namozdan keyin Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingan. Agar ul takbir aytg‘aydir, takbir
aytingiz, agar ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, bosh
ko‘taringiz, «Sami’allohu liman hami-dahu» desa, «Rabbano va lakal-hamd» deb
aytingiz. Sajda qilg‘aydir, sajda qilingiz!» — dedilar. Ali ibn Abdulloh: «Ma’mar ham shu
hadisni rivoyat qilganmidi? — deb so‘radilar. «Ha»,— dedim. Sufyon: «Ma’mar, Zuhriy
qanday aytib bergan bo‘lsa, shundayicha eslab qolibdir»,— dedilar. Ma’mar: «Ilohi,
o‘zingga shukur! Zuhriyning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ng
yonlari birlan
otdan yiqildilar» deganini yaxshi eslab qolganman. Zuhriyning huzuridan chiqqanimizda
Ibn Jurayh: «O’shanda men ham Janob Rasulullohning huzurlarida edim. O’ng oyoqlari
(boldirlari) shikastlangan erdi»,— dedi».
Dostları ilə paylaş: