§
9
$
#
É
ΟŠ
Ï
m
§
9
$
#
IKKI HAYIT HAQIDA KITOB 1-bob. Ikki hayit va ularda yasanish to‘g‘risida Solim ibn Abdullohga Abdulloh ibn Umar bunday degan ekanlar: «Hazrat Umar
raziyallohu anhu bozordan bitta ipak chopon sotib oldilar-da, Rasulullohning huzurlariga
kelib: «Yo Rasululloh, mana bu choponni sotib olingiz, uni hayitda va mehmon
kutganingizda kiyg‘aydirsiz»,- dedilar». Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu kiyim
oxiratdan nasibasi yo‘q odamning kiyimidir!» - dedilar. Olloh iroda qilgancha vaqt o‘tib,
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam X,azrat Umarga bitta ipak chopon tortiq qilib
yubordilar. X,azrat Umar ipak choponni olib Rasululloh sallallohu. alayhi va sallamning
huzurlariga keldilar-da: «Yo Rasululloh, siz: «Bu chopon oxiratdan nasibasi yo‘q
odamning choponidir! - deb aytgan erdingiz-ku! Endi buni menga yuboribsiz?!»-dedilar.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Choponni sotib, biror hojatingizga
yaratg‘aydirsiz»,- dedilar».
2-bob. Hayit kuni qilichbozlik, nayzabozlik o‘yinlarining joizligi Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening hujramga
kirganlarida ikki cho‘ri qiz yonimda o‘ltirib «Buos» degan mashhur ashulani aytayotgan
erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlariga yonboshlab, yuzlarini o‘girib
oldilar. Shunda Hazrat Abu Bakr Siddiq (Oishaning otalari) kirib, meni va ashulachi
qizlarni qattiq koyidilar-da: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida
shayton surnayi chaling‘aydirmi?» -dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu
Bakr Siddiqqa qarab: «Qo‘yaveringiz ularni!» - dedilar. Abu Bakr Siddiq biz tomonga
qaramay turganlarida cho‘ri qizlarga ishora qildym, chiqib ketishdi. Bu voqea hayit kuni
bo‘lgan erdi. O’sha kuni sudanlyaklar nayzabozlik, qilichbozlik o‘yinlari ko‘rsatishgandi.
O’shanda, yoki men o‘zim Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Ko‘rsam
maylimi?»- deb so‘ragandim, yohud Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari
menga: «Tomosha qilasanmi?»-degandilar. Shunda men: «Ha»,-degandim. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallamning orqalarida» turib tomosha qilgandim, yuzim yuzlariga
shundoqqina tegib turgandi. Janob Rasululloh: «Ey Baniy Arfada, bo‘sh kelmangyz!» -
deb xitob qilgan erdilar. Keyin, mening zerikkanimni bilib: «Bo‘ldimi?» - degandilar.
Men: «Ha»,- deb aytgandim. «Borg‘il bo‘lmasa, ketaqol!» - degandilar».