35-bob. Jum’a kuni imom xutba aytayotganda o‘zaro so‘zlashayotganlarni tinchitish haqida Agar kishi yonidagi birodariga «Jim turg‘il!» desa ham noo‘rin gap qilgan bo‘lur.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom so‘zlayotganda odamlar jim turib
tinglamog‘i lozim» deganlar»,— deydilar Salmon, Abu Hurayra rivoyat qiladirlar:
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a kuni imom gapirib turganda yoningdagi
birodaringga «Jim turg‘il!» desang, noo‘ring gap qilibsan»,— deganlar»
36-bob. Jum’a kuni duo ijobat bo‘ladigan vaqt to‘g‘risida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni haqida gapira turib: «Jum’a kunida bir
muayyan vaqt bordir. Musulmon bandaning o‘qiyotgan namozi o‘sha vaqtga to‘g‘ri kelib
qolmog‘i qiyindir, bordiyu to‘g‘ri kelib qolg‘aydir, o‘sha banda Olloh taolodan biror narsa
so‘rag‘aydir, so‘raganini berg‘aydir»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
muborak qo‘llari birlan o‘sha vaqtning qisqa ekanligiga ishora qildilar».
37-bob. Jum’a kuni odamlar imomni tashlab namozdan chiqib ketib qolishsa, imom va u bilan qolgan kishilarning namozi joizdir Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Bir kuni payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu
alayhi va sallam birlan birga jum’a namozini o‘qiyotgan erdik, birdan Shom tomondan
don ortilgan karvon kelib qoldi. Odamlar (namozni tashlab) karvon tomonga qarab
ketishdi, hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 12 kishi qoldi, xolos.
Shunda: «Agar odamlar biror oldi-sotdini yokim o‘yin-kulgini ko‘rib qolishg‘aydir, seni
namozda tik turganingcha qoldirib ketishg‘aydir»,— degan oyati karima nozil bo‘ldi».
38-bob. Jum’adan keyin va jum’adan avval namoz o‘qimoq Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida
peshindan avval 2 rak’at, peshindan keyin 2 rak’at, shomdan keyin 2 rak’at va
xuftondan keyin 2 rak’at namoz o‘qir erdilar. Jum’adan keyin ham uylariga qaytib
kelganlaridan keyin 2 rak’at namoz o‘qir erdilar».