Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
64
8-bob. Hayz ko‘rgan xotin haj amallarining barchasini qiladi, ammo
Ka’batullohni tavof qilmaydi
Ibrohim an-Nahoiy aytadilar: «Hayz ko‘rgan xotinning Qur’on oyatlarini o‘qishi
zararsizdir». Ibn Abbos ham yuvuqsiz odamning qiroat qilmog‘ini zararsiz, deb
hisoblaganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamma vaqt Allohni zikr qilar edilar.
Ummu Atiyya: «Biz - xotinlarga, hayz ko‘rgan bo‘lsak ham, iyd (hayit) namoziga
chiqmoq buyurilar edi. Erkaklar aytadigan takbir va duolarni o‘qir edik, namoz o‘qimas
edik»,— deydilar.
Abu Sufyon aytadilar: «Hiraql (Rum podshosi) Rasululloh sollallohu
alayhi va sallamning
maktublarini olib kelmoqni buyurdi, so‘ng o‘qib qarasa, «Bismillohir Rahmonir Rahiym,
yo ahlal-kitob, ta’oluu ila kalimatin sava... (al-oyat)» (Bismillohir
Rahmonir Rahiymi, ey
ahlal-kitob, sizlar va bizlar uchun barobar so‘zga kelinglar!» deb boshlanuvchi oyat) deb
yozilgan ekan».
Jobir raziyallohu anhu bunday rivoyat qiladilar: «Oisha onamiz hayz ko‘rdilar, so‘ng haj
amallarining barchasini qilaverdilar, biroq Ka’batullohni tavof qilmadilar va namoz
o‘qimadilar». Hakam aytadi: «Men yuvuqsiz holda ham «Bismilloh, Allohu akbar» deb
hayvon so‘yaverar edim». «Allohning ismi aytib so‘yilmasan hayvon go‘shtini
yemangiz!» — degan Alloh taolo.
Oisha onamiz dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga hajni niyat qilib
yo‘lga chiqdik. Saraf degan joyga kelganimizda hayz ko‘rib qoldim. Yig‘lab o‘tirganimda
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kelib: «Nega yig‘layapsan?»—dedilar. «Xudo
haqqi, bu yil hajga chiqqanimdan afsuslanaman»,— dedim. Rasululloh: «Ehtimol, hayz
ko‘rib qolgandirsan?»—dedilar. «Ha»,— dedim. «Alloh
taolo buni Odam qizlarining
barchasining peshonasiga yozgandir, endi hajda qiladigan barcha amallarni qilaver, lekin
to poklanguningcha Ka’batullohni tavof etmagin!» — dedilar Janob Rasululloh».
Dostları ilə paylaş: