Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
31-bob. Tushunarli bo‘lsin uchun har bir gapni uch bor qaytarishning afzalligi
Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Gunohi azimlardan bittasi — yolg‘ondan
guvohlik bermoqdir»,— deb takror-takror aytaverardilar. Ibn Umar bunday deganlar:
«Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alloh topshiriqlarini sizga yetkazdimmi,
deb uch karra qaytarib aytdilar».
Anas ibn Molik aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam biror so‘z
aytsalar,
tushunarli bo‘lsin uchun uch bor qaytarardilar. Salom bersalar, uch marta salom
berardilar».
Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu dedilar: «Rasululloh
sollallohu alayhi va sallam
safarga chiqqanimizda orqada qoldilar. Namozi asr vaqti edi, biz tahorat olayotgan edik.
Shu payt yetib keldilar, oyoqlarimizni suv bilan artayotganimizni ko‘rib,
baland ovoz
bilan: «O’t azobidan oyoq kaftlarining holiga voy!» —deb uch bor nido qildilar».
32-bob. Kishi o‘z oila a’zolari va qo‘l ostidagilarga (cho‘risiga) ta’lim
bermog‘ining afzalligi
Abu Burda otasi Abu Musodan eshitib, bunday degan: «Rasululloh sollallohu alayhi va
sallam aytdilar: «Alloh taolo uch kishiga ikki barobar ko‘p savob bergay:
- kimki ahli kitob (o‘z samoviy kitobiga ega bo‘lgan dinlardan biriga e’tiqod qiluvchilar)
bo‘la turib, ham o‘z payg‘ambariga, ham Rasulullohga iymon keltirgan bo‘lsa;
- qul bo‘lsa-yu, Alloh va xo‘jayini oldidagi burchini ado etgan bo‘lsa;
- kishi o‘z cho‘risiga yaxshi odob-axloq o‘rgatib,
odobli va ilmli qilsa, keyin ozod qilib,
unga uylansa».
Omir ash-Sha’biy Solih nomli kishiga aytdi: «Biz senga bu hadisni sendan hech narsa
talab
qilmay beryapmiz, arzimagan masalani hal qilish uchun ham Madinaga tuya minib
(ya’ni, aziyat chekib) borilar edi».
Dostları ilə paylaş: