Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
402
biri mustahoza holida e’tikofga o‘tirdi. Uning ichidan qizil va
sariq suyuqlik kelib turardi,
biz ostiga tog‘ora qo‘yib qo‘ygandik»,- deydilar
17-bob. Ayolning e'tikofda o'tirgan erini ko'rgani bormog'i haqida.
Ali ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam masjidda (e’tikofda)
erdilar. Ul kishini ko‘rgani kelgan) ayollari uylariga qaytmoqchi bo‘lib, o‘rnidan qo‘zg‘aldi.
Shunda, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga: «Shoshmag‘il, kuzatib
qo‘yg‘aymen!» - dedilar. Safiyyaning uyi Usomaning hovlisida erdi.
Janob Rasululloh
Safiyya birlan birga chiqdilar. Ittifoqo, ikki ansoriy yo‘liqib, Janob
Rasulullohga bir nigoh
tashlashdi-da, yo‘lda davom etishdi. Janob Rasululloh ularni chaqirib: «Bu - Safiyya binti
Huyay (ya’ni, «Bu - mening xotinim» demoqchilar)»,- dedilar. Ular taajjublanib:
«Subhonalloh, yo Rasululloh!»-deyishdi. Janob Rasululloh: «Shayton
insonning qon
tomirlarida yurg‘aydir, shul boisdan shayton vasvasa qilib,
yomon xayolga bormangiz,
deb xavotir oldim»,- dedilar».
18-bob. E'tikofda o'tirgan kishi shubhani o'zidan soqit qiladirmi?
Ali ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Safiyya raziyallohu anho Rasululloh sallallohu alayhi
va sallam e’tikofda o‘tirganlarida
huzurlariga keldilar, so‘ng qaytishlarida
Janob
Rasululloh ham birgalashib yo‘lga tushdilar. Yo‘lda ansorlardan biri ularni ko‘rdi. Janob
Rasululloh ansorni chaqirib: «Bu -Safiyya (ya’ni, mening xotinim), tag‘in xayolingga har
xil
fikr kelib yurmasin, chunkim shayton odam bolasining qon tomirlarida yurg‘aydir»,-
dedilar».
Zuhriy Sufyondan: «Safiyya kechasi kelganmidi?»-deb so‘raganlaryda, ul kishi: «Ha,
kechasi»,- deb javob bergan erkanlar.
Dostları ilə paylaş: