Microsoft Word savod orgatish davri yozuv darslarida imlo ustida ishlash doc



Yüklə 492,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix17.09.2023
ölçüsü492,18 Kb.
#144812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
451241de-2c5e-474f-ad6a-3073aeaed489

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


11
1.1. Savоd o’rgatishda mashg’ulоt turlari
 
1.Tovush savod o’rgatishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Savod o’rgatish 
davrida so’z va bo’ginlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va 
ularning artikulyatsiyasini analiz qilish mashqlari o’tkaziladi, diktsiya (ravshan, 
burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida 
ishlash bilan ayniqsa, kesma harflardan so’z tuzish kabi sintez qilish usullari 
birlashib ketadi; tovush va harf o’rtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish 
o’qish malakalarini shakllantirish uchun ham, imlo tomonidan savodli yozish 
asosini yaratish uchun ham foydalidir. 
S.P.Redozubov tovushni analiz va sintez qilish usullarini to’liq ishlab 
chiqqan. Shulardan o’zbek tilida savod o’rgatishda quyidagi uullardan 
foydalaniladi: 
Analiz mashqlari; 
1.Nutq 
(gap)dan 
so’zni 
ajratish; 
so’zni 
aniq 
talaffuz 
qilish; 
bo’ginlarga bo’lish va bo’ginlarni aniq talaffuz qilish, urguli bo’ginni ajratish va 
uni boshqa bo’ginlardan farqlab, kuchli talaffuz qilib o’qish, maxsus tovushni 
ajratgan holda so’zni bo’ginlab o’qish (aaaa-na, nooon, iiil. Sssa-na, ki-yyyik, 
iiish) 
2.Shu darsda o’rganiladigan yangi tovushni ajratish. Yangi tovushni 
birinchi marta ajratishning bir necha usuli bor: 
a) 
so’zdan 
tovushni 
uzun 
talaffuz 
kilib 
ajratish: 
aaa-na, 
looo-la, iiin, booo-la; 
b) undosh tovushni yopik bugandan ajratish: Usss-mon, O- limmm, A-
minnn. 
v) sirgaluvchi undoshni ochiq bo’gindan ajratish: sssa-na, to-yyyi, zzzi-rak; 
g) bo’gin hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, o’- tin, yo-rur, o-nta, 
yu-tuq, u-zuk; 
d) o’rganilgan tovushni so’z boshida kelgan so’zlardan ajratish 
(so’zni oq’ituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o’quvchi aytadi): nok,tok, lola,...; 


12
ye) 
rasm nomini ifodalovchi so’zni aytish: o’qituvchi nokning 
rasmini ko’rsatib, noa deydi, o’quvchilar k tovushini qo’shib aytadilar nok. 
Asosan, darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan 
so’ng, shu tovush so’z boshida, o’rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz 
qilinadigan so’zlar tanlanib, o’quvchilarga talaffuz qildiriladi: k tovushi uchun: 
kuz, tik, tok. 
O tovushi: olma, osh, O-mon; 
D tovushi: dor. Odil (so’z oxirida jarangsizlashadigan ozod, hisob kabi so’zlarni 
tanlash tavsiya qilinmaydi). 
3. So’zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, 
sonini aniqlash, bo’ginlarni sanash: Olma - ol~ma - o-l-m-a; to’rtta tovush, to’rtta 
harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo’gin .... Bu usuldan oq’uv 
yilining ikkinchi yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik taxlil sifatida 
foydalaniladi. 
4. Jarangli va jarangsiz undoshli so’zlarni taqqoslash: dil-til, oldin-oltin, 
tor-tosh, moy-choy-loy-boy-soy-toy kabi. 
Savod o’rgatishda analiz sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz o’qish 
jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko’proq o’qish malakasini 
shakllantiradi. 
Sintez mashqlari 
1.Tovush tomonidan analiz qilingan so’zni yoki bo’ginni talaffuz qilish va 
uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so’z yoki bo’ginni o’qish. 
2.O’rganilgan undosh bilan (na,no, la.lo, ni, li, bi, si, ma, mo, mi, ta, to, ti, 
di, do, so, sa, ...) bo’gin jadvalini tuzish; bo’gin jadvalini kitobdan yoki matndan 
o’qish; kesma harflardan burin jadvalini tuzish. 
3.Bola-lola-tola, boy-toy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir 
undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-opa, ukki-ikki, osh-ish kabi bir undosh 
harf bilan farqlanadigan so’zlarni o’qish (bunday so’zlarni o’quvchilarning o’zlari 
topib o’qishlari mumkin). 


13
4.So’zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo’shib, yangi so’z hosil qilib 
o’qish; ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; o’roq-so’roq; ol—xol, sol; sava-
savat, yelka~yelkan; son~oson; ayiq ~kayik,- o’lka-yulka; olti-oltin; oldi~oldin. 
5.So’z o’rtasiga harf qo’shib, yangi so’z hosil qilib o’qing; ko’mak-
ko’lmak, zirak-ziyrak, tana-tashna, osha-oshna. 
b.Bo’ginlarni almashtirib yangi so’z hosil qilish va o’qing Gulnor—
Norgul. 
6. Tovushlarning o’rnini almashtirib yangi so’zni hosil qilish va o’qish: 
somon-osmon, tilak – kalit, quy - yuq 
7. Tovushni yoki bo’ginni tushirib qoldirib yangi so’z hosil qilish va 
o’qish: anor-nor, gulnor—gul, yelkan-yelka, bogla-bola. 
Bo’gin qo’shi1ib yangi so’z: hosil qilish va o’qish: bog-bogcha, gul-gulzor, 
bogbon, dorboz. 
Sintetik ishlarning bu usullari tovush ustida ishlatib harf ustida ishlash 
bilan birga qo’shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo’lib, 
darsda yarim o’yin holatini vujudga keltirishga imkon beradi. 

Yüklə 492,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin