Microsoft Word savod orgatish davri yozuv darslarida imlo ustida ishlash doc



Yüklə 492,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix17.09.2023
ölçüsü492,18 Kb.
#144812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
451241de-2c5e-474f-ad6a-3073aeaed489

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


19
2.bob. Savod o’rgatishda tayyorgarlik davri va imlo ustida ishlash. 
Ma'lumki yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” 
ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha-barchaga katta vazifalar yukladi. 
Jumladan yoshlarni har tomonlama bilimli, yetuk, komil inson bo'lib yetishishlari 
uchun avvalo ularni savodli o'qish va yozishga o'rgatish zarur. Bu vazifa avvalo 
ona-tili darslarida amalga oshiriladi. Yangi tahrirdagi DTS lari asosida 
o'quvchilarga puxta bilim berish uchun 1-2-sinflarda haftasiga 4 soatdan, 3-4-
sinflarda esa haftasiga 5 soatdan vaqt ajratilgan.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ona-tilidan bilim va malakalarni hosil 
qilish ishlari asosan yozuv darslarida amalga oshiriladi. Yozuv darslarining 
mazmuni boshlang'ich sinf ona-tili dasturini va maktab oldiga qo'yilgan talablar 
asosida belgilanadi. 
Yozuv darslarini tashkil etishda pedagogika va metodika tavsiyalari
hisobga olinadi. Yozuv darsi va unga qo'yilgan talablarni belgilashda metodika 
fani sohasidagi yangiliklar, boshlang'ich sinflarda ishlayotgan eng tajribali 
o'qituvchilarning tajriblari asos qilib olinadi. Shunga alohida e'tibor berish 
kerakki har bir darsda o'quvchilarga bilim berish jarayonida tarbiyaviy 
tomonlarga ham alohida ahamiyat berib borish, uzaro hurmat, mas'uliyatni his 
etish, tengdoshlari va oila azolariga hurmat, g'amho'rlik, tabiatga mehr-muhabbat 
singari xislatlarni singdirib borish kerak.
O'quv 
tarbiya 
ishlarida 
ko'zlangan 
maqsadga 
yetishish 
uchun 
o'quvchilarda quyidagi qobiliyatlarni shakllantirb borish zarur: 
1)
Gapdagi so'zlarni o'xshash tomonlariga ko'ra taqqoslab olish. 
2)
So'zlar nimani ifoda etishiga ko'ra turkumlarga ajratish. 
3)
O'qituvchi tavsiya qilgan yoki o'zi tuzgan reja asosida fikrlarni bayon 
ega olish. 
4)
Gaplarda grammatik tushunchalarni, orfografik qoidalarni ifodalay 
olish. 


20
5)
Darslikdagi turli mashqlar va topshiriqlarni birgalikda muhokama 
qilinganidan keyin uni bajara olsh. 
Ona tili darslari savodli yozuv darsi hisoblanadi. Shuning uchun ham 
yozma ishlarga alohida e'tibor beriladi. Darsning uchdan ikki qismida o'quvchilar 
grammatik, orfografik va nutqiy yozma ishlarni bajaradilar. 
Shuning uchun grammatik, orfografik bilimlarni o'zlashtirish uchun qund 
bilan ishlashga to'g'ri keladi. Kuzatshlardan ma'lumki, darsda o'quvchilarning 
osoyishta va mustaqil ishlarini ta'minlagan o'qituvchi ularning savodli bo'lishga 
erisha oladi.
Bunday darslarda ko'rgazmali qurollar, didaktik materiallar, texnika 
vositalaridan foydalanish o'z o'rnida bo'ladi. O'quvchilarning dars jarayonida yo'l 
qo'ygan xatolarini sekin yotig'i bilan tushuntirish lozim. O'quvchi shundagina 
yozuvida yo'l qo'ygan xatosini tushunib oladi va tuzatishga harakat qiladi, 
bilimlarni o'zlashtirishga qiziqishlari ortib boradi. Ayniqsa boshlang'ich sinf 
o'quvchilarini bajargan ishlarini o'z vaqtida baholab borish ham katta ahamiyatga 
ega. 
Boshlang'ich sinf ona-tili darsliklaridagi manbalar oz bo'lsada izlanish 
metodi bilan ishlashni taqozo etadi O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida mashq 
shartini o'qib unda talab etgan topshiriqlarni aniqlaydilar savollarga javob 
qidiradilar 
undagi 
fikrlarni 
umumlashtiradilar, 
mashqlar 
bajaradilar. 
Umumlashtirish va xulosalar asosida qoidalar ishlab chiqadilar. 
Umuman ona-tili darslarini to'g'ri va qiziqarli tashkil etilishi o'quvchilarni 
darsga bo'lgan qiziqishlarini ortiradi. 
II. Boshlang'ich sinf ona tili ta'limida xato turlari va ularning kelib chiqish 
sabablari.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozuvlarida turli xatolar uchrab turadi. 
Bu uchraydigan xatolarni quyidagi turlarga ajratish mumkin. 
1. Grafik xatolar. Grafik xatolarga harf shakllarini o'xshata olmaslik, 
harflarning o'rnini almashtirib yozish, talaffuzi o'xshash undoshlarni aniq 


21
ajratmaslik natijasida yozuvda bir harf o'rniga ikkinchisini ishlatish biror harfni 
tushirib qoldirish kabi xatolar uchraydi. Shularga ko'ra grafik xatolar quyidagi 
ko'rinishlarda bo'ladi: 
1.
 
Alisher odobli bola.
2.
 
Kuz fasli boshlandi 
3.
 
Qobil ikki tup ko’chat ekdi 
4.
Olma, o’rmon, to’qmoq.
1.
Fonetik xatolar. Bunday xatolar so’zlarni tog’ri talaffuz qila bilmaslik
sheva va dialektlar ta’sirida bo’ladi. Fonetik xatolar asosan quyidagi 
ko’rinishlarda bo’ladi. 
Grafik xatolar 
Harflar shakllarini buzib 
yozish 
So’zda harflar birikmasini 
buzib yozish 
Harflarni bir-biriga noto’g’ri 
ulab yozish 
Fonetik xatolar 
Dissimilatsiya 
hodisasi natijasida 
Dialect va sheva 
xatolari 
Assimilatsiya 
hodisasi natijasida 
Tovushlar almashuvi
natijasida 


22
Masalan: 1. Borgan edi – boruvdi. (sheva xatolari) 
2. Tomni – tommi. Piyolaga – piylaga. (Assimilatsiya hodisasi) 
3. Go’sht – gosh. G’isht – g’ish 
5.
Devor – devol. (tovushlar almashuvi) 
Xatolar ustida ishlashda orfografik tahlilni ahamiyati katta bir necha gapni 
orfografik jihatdan to'la tahlil qilish kerak. Bu bilan o'quvchilar so'z ma'nosi va 
uning imlosini puxta o'zlashtirib oladilar. O'quvchilarning to'g'ri, xatosiz yozishga 
o'rgatish va yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish uchun quyidagilarga e'tibor 
berish kerak:
1.
Eng avvalo o'quvchilarni to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish. Ya'ni so'z 
aytilganda tovushlarni aralashtirmay, tovush tushirib yoki orttirib 
talaffuz etmaslik. Masalan: kitob o'rniga kitob, ruchka o'rniga yuchka, 
maktab o'rniga matab deyishga yo'l qo'ymaslik. 
2.
Har bir darsda ko'pchilik uchun bir xil uchraydigan tipik xatolar 
doskada ko'rsatilib, tuzatiladi. 
Marfalogik xatolar 
So’zning 
ma’nosini 
tushunmaslik 
Grammatik 
qoidalarni 
bilmaslik 
Orfagrafik 
qoidalarni 
unutish 
Parishon 
xotirlik 
Mexanik 
xatolar 


23
3.
Ayrim o'quvchilar uchun tegishli xatolar o’sha o'quvchi bilan birgalikda 
tuzatiladi. 
4.
Agar o'quvchilar biror qoidani bilmasligi natijasida xatoga yo’l qo’ygan 
anashu qoidani takrorlash bilan tushuntirish kerak bo’ladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki o’quvchilar yozuvida xatolar 
bo’lmasligi uchun lug'at ishiga ta'limiy harakterdagi yozma ishlarga ko'proq o'rin 
berish zarur. Imlosi qoidalashtirlmagan va qiyin so'zlar jadvali tuzilib, sinf 
xonasiga o'quvchilarga ko'rinarli qilib osib qo'yilishi va uni vaqti-vaqti bilan 
almashtirib turishsa yaxshi natija beradi. 

Yüklə 492,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin