1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti
PEDAGOGIKA FAKULTETI
“Boshlang’ich ta’limda gumanitar fanlarni o’qitish uslubiyati” kafedrasi
5141600- Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish yo’nalishi 3-kurs
talabasi
Ergasheva Munisaning
“Ona tili o’qitish metodikasi”
fanidan
KURS ISHI
MAVZU: “Savod o’rgatish davri yozuv darslarida imlo ustida ishlash”
Ilmiy rahbar: k.o’qit. X.Xo’janov
Samarqand-2011
2
REJA:
I. KIRISH.
II. ASOSIY QISM:
1.bob. Savоd o’rgatish davri yozuv darslarini o’rgatish usullari
1.1. Savоd o’rgatishda mashg’ulоt turlari
1.2. Savod o’rgatish davrida yozuvga tayyorlash.
2.bob. Savod o’rgatishda tayyorgarlik davri va imlo ustida ishlash.
2.1. Savod o’rgatish davridagi muhim imlo qoidalari.
2.2.Yozuv darslaridagi ayrim muhim imlo qoidalari.
III. XULOSA.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
3
MAVZUNING DOLZARBLIGI.
O'zbekiston Respublikasi “Davlat tili
to'g'risida”gi, “Talim to'g'risida”gi qonunlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
hamda “2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy
dasturi”ga muvofiq boshlang'ich sinflarda ona tili fanini o'qitish oldiga yangi-
yangi vazifalar qo'yilmoqda.
“Ona tili” fanini o'qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy-
mustaqil, o'z fikrini erkin va ta'sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og'zaki
shaklda ifodalashga, o'zbek tili qonun- qoidalarini ongli o'zlashtirishga o'rgatish,
shuningdek, ularning fikr doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, avlod-
ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviyatimizga, milliy urf-odatlarimizga mehr-
muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
Boshlang'ich ta'lim bosqichida yangi tahrirdagi DTS lari asosida
o'quvchilarni ona tili ta'limi sohasi bo'yicha tayyorgarlik darajasiga qo'yilgan
talablar standart me'zon orqali aks ettiriladi:
1.
O'qish texnikasi
2.
O'zgalar fikrini va matn mazmunini anglash
3.
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
O'quvchilar shu parametrlar asosida bilim, ko'nikma va malakalarga ega
bo'lishi kerak.
Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda 1-4- sinf ona tili fanini
o'qitishning oldiga bir qator vazifalar qo'yiladi:
1.
O'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatish;
2.
O'z fikrini o'zbek tilining qonun-qoidalariga muvofiq ravishda og'zaki
va yozma ifodalay olish;
3.
Bir ma'noni turli shakllarda bera olish ko'nikmalarini shakllantirish,
so'zlardan o'rinli foydalanish;
4.
Dunyoni bilishda ona tilining ahamiyatini singdirish kabi vazifalar
shular jumlasidandir.
4
Dostları ilə paylaş: |