11
1.1. Savоd o’rgatishda mashg’ulоt turlari
1.Tovush savod o’rgatishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Savod o’rgatish
davrida so’z va bo’ginlarni tovush tomonidan
analiz va sintez qilish, tovush va
ularning artikulyatsiyasini analiz qilish mashqlari o’tkaziladi, diktsiya (ravshan,
burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida
ishlash
bilan ayniqsa, kesma harflardan so’z tuzish kabi sintez qilish usullari
birlashib ketadi; tovush va harf o’rtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish
o’qish malakalarini shakllantirish uchun ham, imlo
tomonidan savodli yozish
asosini yaratish uchun ham foydalidir.
S.P.Redozubov tovushni analiz va sintez qilish usullarini to’liq ishlab
chiqqan. Shulardan o’zbek tilida savod o’rgatishda quyidagi uullardan
foydalaniladi:
Analiz mashqlari;
1.Nutq
(gap)dan
so’zni
ajratish;
so’zni
aniq
talaffuz
qilish;
bo’ginlarga bo’lish va bo’ginlarni aniq talaffuz qilish, urguli bo’ginni ajratish va
uni boshqa bo’ginlardan farqlab, kuchli talaffuz qilib o’qish, maxsus tovushni
ajratgan holda so’zni bo’ginlab o’qish (aaaa-na, nooon, iiil. Sssa-na, ki-yyyik,
iiish)
2.Shu darsda o’rganiladigan yangi tovushni ajratish.
Yangi tovushni
birinchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
a)
so’zdan
tovushni
uzun
talaffuz
kilib
ajratish:
aaa-na,
looo-la, iiin, booo-la;
b) undosh tovushni yopik bugandan ajratish: Usss-mon, O- limmm, A-
minnn.
v) sirgaluvchi undoshni ochiq bo’gindan ajratish: sssa-na, to-yyyi, zzzi-rak;
g) bo’gin hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, o’- tin, yo-rur, o-nta,
yu-tuq, u-zuk;
d) o’rganilgan tovushni so’z boshida kelgan so’zlardan ajratish
(so’zni oq’ituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o’quvchi aytadi): nok,tok, lola,...;
12
ye)
rasm nomini ifodalovchi so’zni aytish: o’qituvchi nokning
rasmini ko’rsatib,
noa deydi, o’quvchilar k tovushini qo’shib aytadilar nok.
Asosan, darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan
so’ng, shu tovush so’z boshida, o’rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz
qilinadigan so’zlar
tanlanib, o’quvchilarga talaffuz qildiriladi: k tovushi uchun:
kuz, tik, tok.
O tovushi: olma, osh, O-mon;
D tovushi: dor. Odil (so’z oxirida jarangsizlashadigan ozod, hisob kabi so’zlarni
tanlash tavsiya qilinmaydi).
3. So’zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish,
sonini aniqlash, bo’ginlarni sanash: Olma - ol~ma - o-l-m-a; to’rtta tovush, to’rtta
harf, ikki unli tovush,
ikki undosh tovush, ikki bo’gin .... Bu usuldan oq’uv
yilining ikkinchi yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik taxlil sifatida
foydalaniladi.
4. Jarangli va jarangsiz undoshli so’zlarni taqqoslash: dil-til, oldin-oltin,
tor-tosh, moy-choy-loy-boy-soy-toy kabi.
Savod o’rgatishda analiz sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz o’qish
jarayonini
egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko’proq o’qish malakasini
shakllantiradi.
Sintez mashqlari
1.Tovush tomonidan analiz qilingan so’zni yoki bo’ginni talaffuz qilish va
uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so’z yoki bo’ginni o’qish.
2.O’rganilgan undosh bilan (na,no, la.lo, ni, li, bi, si, ma, mo, mi, ta, to, ti,
di, do, so, sa, ...) bo’gin jadvalini tuzish; bo’gin jadvalini kitobdan yoki matndan
o’qish; kesma harflardan burin jadvalini tuzish.
3.Bola-lola-tola, boy-toy-soy-loy,
baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir
undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-opa, ukki-ikki, osh-ish kabi bir undosh
harf bilan farqlanadigan so’zlarni o’qish (bunday so’zlarni o’quvchilarning o’zlari
topib o’qishlari mumkin).
13
4.So’zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo’shib, yangi so’z hosil qilib
o’qish; ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; o’roq-so’roq; ol—xol, sol; sava-
savat, yelka~yelkan; son~oson; ayiq ~kayik,- o’lka-yulka; olti-oltin; oldi~oldin.
5.So’z o’rtasiga harf qo’shib, yangi so’z hosil qilib o’qing; ko’mak-
ko’lmak, zirak-ziyrak, tana-tashna, osha-oshna.
b.Bo’ginlarni almashtirib yangi so’z hosil qilish va o’qing Gulnor—
Norgul.
6. Tovushlarning o’rnini almashtirib yangi so’zni hosil qilish va o’qish:
somon-osmon, tilak – kalit, quy - yuq
7. Tovushni yoki bo’ginni tushirib qoldirib yangi so’z hosil qilish va
o’qish: anor-nor, gulnor—gul, yelkan-yelka, bogla-bola.
Bo’gin qo’shi1ib yangi so’z: hosil qilish va o’qish:
bog-bogcha, gul-gulzor,
bogbon, dorboz.
Sintetik ishlarning bu usullari tovush ustida ishlatib harf ustida ishlash
bilan birga qo’shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo’lib,
darsda yarim o’yin holatini vujudga keltirishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: