Microsoft Word savod orgatish davri yozuv darslarida imlo ustida ishlash doc



Yüklə 492,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix17.09.2023
ölçüsü492,18 Kb.
#144812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
451241de-2c5e-474f-ad6a-3073aeaed489

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


24
2.2. Savod o’rgatish jarayonida imloga o’rgatish 
O'zbekiston Respublikasining mustaqilikka erishishi jahonshumul voqea 
bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Respublikamizdagi barcha sohalarda bo'lgani 
kabi yozuvda ham tub o'zgarish bo'ldi. 
1993-yil 2-sentabrda "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy qilish 
to'g'risida" qabul qilingan qonun fikrimizning dalilidir. 
Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohatlarimizning provard maqsadi 
yurtimizda yashayotgan barcha fuqorolar uchun munosib shart- sharoitlarni 
tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan 
mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish,
milliy o'yg'onish g'oyasini ruyobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish 
davlatimizning eng muhim vazifalardan biri bo'lib qoladi-degan edi, 
Prezdentimiz I.A. Karimov 1995-yil fevral oyidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining birinchi sesiyasida. 
Lotin alifbosi asosidagi yozuv jahonga keng tarqalgan bo'lib, bu yozuv 
Qadimgi Rimda paydo bo'lgan miloddan oldingi II asrda takomillashgan lotin
alifbosidan bizning davrimizgacha jahonning 70 dan ortiq mamlakat xalqi
foydalanmoqda. Bundan 30 dan ortiq Ovropa, 20 dan ortig'i Osiyo, 20 dan ortig'i 
Afrika qit'alaridagi davlatlar xalqlaridir. 
Dunyoda 5000 xil til bor. Bulardan 6 tasi til sifatida tan olingan. Bundan 3 
tasining yozuvi lotin yozuvi asosida (ingliz, fransuz, ispan), 3 tasining yozuvi 
esa 3 xil: rus tiliniki kirill alifbosida, arab mamlakatlariniki arab alifbosida, xitoy 
tiliniki esa iyeografik yozuvlardir. 
Maktablarda 1927-1928 yildan boshlanib 1940-yil 8-maygacha lotin 
yozuvi asosida ish olib borilgan. 1940 yil 8-maydan kirill alifbosi asosidagi yangi 
alifboga o'tish to'g'risida qonun qabul qilindi. 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3 sentabrdagi 12-
chaqiriq 13-sesiyasida lotin yozuviga o'tish haqida qaror qibul qilingandan so'ng 
ayrim muamollar kelib chiqdi. Bu ham bo'lsa


25
s-ш, c-ч, n-нг kabilardagi unsurlar kompyuterda yo’qligi sababli ushbu harflarni 
isloh qilish yoki kompyuterlarni qayta ta'mirlash kerak edi. Lotinlashtirish 
komissiyasi bu muammoni har tomonlama o'ylab ushbu harflarni qayta isloh 
qilish haqida qaror qildi, 1995-yil 6-7 may oyida O'zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashi qarori bilan ayrim o'zgartirishlar kiritildi, sh-ш, ch-ч, ng-нг birkma 
shaklida qabul qilindi. Yangi alifboda 26 ta harf, 3 ta harf birikmasidan iborat 
alfavit hosil bo'ldi. 
Yangi lotin harflari asosida alifboni joriy etishi o'zbek tilining talabiga 
javob beradigan yangi imlo qoidalariga ma'lum o'zgartirishlar kiritish bilan qabul 
qilinishga imkon yaratdi. 
Shu asosda 1995-yil 24-avgustda Respublika Vazirlar Mahkamasininng 
339 –sonli qarori bilan yangi imlo qoidasi tasdiqlandi. 
Yangi imlo qoidasi 82 ta bo'lib 8 bo'limdan iborat. 
1.
Unlilar imlosi. 
2.
Undoshlar imlosi. 
3.
Asos va qo'shimchalar imlosi. 
4.
Qushib yozish. 
5.
chiziqcha bilan yozish. 
6.
Ajratib yozish 
7.
Bosh harflar imlosi. 
8.
Ko’chirish qoidalari. 
Biz quyida ayrim muhim imlo qoidalari to'g'risida to'xtatib o'tamiz. 
1.
Quiyidagi hollarda “s” harfi bilan yoziladi. 
a) So'z boshida kelsa; Masalan: цирк-sirk, цех-sex, центнер-sentner, 
Цейлон чойи-Seylon choyi.
b) Undoshdan keyin kelsa: концерт-konsert, акция-aksiya, Франция-
Fransiya, концепция- konsepsiya. 
s) So'z ohirida kelganda: шприц-shpris, кварц-kvars, аизац-abzas kabi. 
2.
Unlidan keyin kelgan hollarda–“Ц” harfi o'rniga –ts yoziladi:


26
Masalan: Конституция-konstitutsiya, канализация-kanalizatsiya, лицей-litsey
милиция-militsiya, Греция-Gretsiya. 
V. Egalik qo'shimchalarning imlosi: 
a) –m, -ng, -si, -miz, -i (si) shaklida tovush orttirmay yoziladi: Masalan: 
aka-akam, aka-akang, aka-akasi, aka-akamiz, aka-akangiz, aka-akalari. 
b) parvo, obro', mavqe, avzo so'zlariga I-II shaxs egalik qo'-shimchalari 
qo'shilganda bir –y tovushi qo'shib aytiladi va shunday yoziladi: 
Masalan: parvoyim, parvoying, parvoyimiz, parvoyingiz, obruyim, 
obro'ying, obro'yimiz, obro'yingiz. 
III. shaxs egalik qo'shimchasi parvo, avzo, mavqe, avro so'zlariga-yi 
shaklida: ovzoyi, obro'yi, parvoyi, mavqeyi; shaklida, xudo, dohiy, vodiy kabi 
so'zlarga si shaklida qo'shiladi:
VI. Chiziqchalarning ishlatilishi: 
1.
Juft so'zdan qo'shimchalar yordamida yasalgan so'zlar chiziqcha bilan 
yoziladi (-) 
Masalan: baxt-saodatli, xayr-xushlamoq. 
2.
Juft so'z qismlari orasida-u (yu) bog'lovchi bo'lsa shu bog'lovchidan oldin 
chiziqcha qo'yiladi va juft qism ajratib yoziladi. 
Masalan: do'st-u dushman, ona-yu bola, keldi-yu ketdi kabi.
3.
Yetakchi va ko'makchi fe'llar bir xil shaklda bo'lsa chiziqcha bilan 
yoziladi:
Aytdi-qo'ydi, borasan-kelasan, keldi-ketdi.
4.
So'zining -ma, -ba, yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi. 
Masalan: ko'chama-ko'cha, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil 
ishlatilmaydigan qism qatnashsa bunday so'zlar qo'shib yoziladi. 
Masalan: darbadar, ro'baro kabi.
VII. Tartib sonlarning imlosi. 
1.
Tartib son arab raqami bilan yozilsa, -nchi (- inchi) qo'shimchasi o'rniga 
chiziqcha qo'yiladi: 2006-yil 1- yanvar, 5-sinf, 60-yillar, 4-“A” sinf kabi. 
2.
Tartib son Rim raqaimda berilsa chiziqcha qo'yilmaydi. 


27
X sinf, XXI asr, XXXI tom 
VIII. -sh, -ch, ng, harf birikmalarning imlosi. 
Bir tovushli ko'rsatuvchi harflar birikmasi -sh, -ch, ng, birgalikda ko'chiriladi: 
Maslan: mai-shat, pi-choq, ko'-ngil. 
IX. Familiya hosil qiluvchi qo'shimchalar imlosi:
Familiyalar odatda –ev (-eva), -yev (yeva) hamda –ov (ova) qo'shimchalar 
bilan hosil bo'ladi: 
1.
Quyidagi hollarda –ev (-eva) qo'shimchalari 
qo'llaniladi. 
a) So'z asosi -sh, -ch, y, tovush-harflari bilan tugasa: 
Masalan: Tosh-Toshev, Ergash-Ergashev, Qilich-Qilichev, Ubay-Ubayev. 
b) So'z asosi unli bilan tugasa: Jo’ra-Jo’rayev, Ota-Otayev,
d) –ov (-ova) qo'shimchasi quyidagi hollarda qo'llanadi; 
So'z asosi -sh, -ch, y, hamda unlilardan boshqa tovush-harflar bilan tugasa 
qo'llaniladi: 
Masalan: Turob-Turobov, Tolib-Tolibov, Olim-Olimov, Aziz-Azizova. 
X. Yuklamalarning imlosi. 
O'zbek tilida yordamchi so'zlardan biri yuklamadir. 
Yuklamalar 2 xil tarzda qo'llaniladi. 
1)
So'z tarzida: faqat, hatto, axir, na 
2)
Qo'shimcha tarzda: - mi, -ku, -da, -shi, -a, -ya kabi. 
Yuklama qo'shimchalar imlosiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi.
a) chiziqcha bilan yoziladigan yuklama-qo'shimchalar: -chi, -ku, -u, -yu, -a, -
ya, -da, -e, -ye. 
Masalan: sen-chi, keldi-ku, sen-a, uka-ya, o'g'il-u, keldi-da, boring-ye
bo'ldi-ye kabi. 
b) So'zda qo'shib yoziladigan yuklama-qo'shimchalar: - mi, -oq, -yoq, -
gina, kina, qina, -dir, -yov. 
Masalan: aytaymi, o'ziyoq, o'qiboq, ozg'ingina, kichikkina, oppoqqina, keldiyov, 
jaholat kelsa, aql kochadir, ko'rgandir kabilar. 


28

Yüklə 492,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin